Понедельник, 17.12.2018, 19:16
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Dialog.(Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Dialog.(Sokina yozgan hikoya) (hikoyacha)))
Dialog.(Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Пятница, 25.10.2013, 14:00 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Tun.Butun olam uyquga ketgandek jimjit.
Xona ichi ham suvquygandek jimjit, birgina bedor qiz daftarga allanimalarni yozib o'tiribdi.Nohasdan chalingan kuy xonadagi sukutni buzishga jazm etgandek bo'ldi.
Tungi qo'ng'iroq xonadagi sukutni buzib yuborgandi.
Qiz telefon ekranidagi notanish raqamga bir zum qarab turdi.Javob bermadi. Telefon ekranidagi raqam musiqa jo'rligida qanday paydo bo'lgan bo'lsa,yana shu taxlit o'chdi.Xiyol o'tib yana qo'ng'iroq bo'ldi.Xuddi o'sha raqam.Qiz kuy to'xtashini kutib turdi va qo'l telefonni tovushsiz holatga qo'ydi -da uyquga ketdi.
Tongda har doimgi vaqtda uyg'ondi. Bomdoddan so'nggi har doimgi tonggi yumushlardan so'ng xonasiga kirdi va telefonni qo'liga oldi.
Tavba,bu yana kim bo'ldi ekan?
G'alati!
Qizning hayratiga sabab bo'lgan sms uni bir zum tanish insonlarini eslashga majbur qildi.
Yo'q,uning bunday sms yozadigan tanishi yo'q.Umuman olganda uning raqamini ham sanoqli odamlargina biladi.
Shu bilan o'z mashg'ulotlariga chalg'ib ketgan qiz notanish raqamdan kelgan sms haqida deyarli unutgandi.
Ammo oradan ikki kun o'tib bir voqea bo'ldi-yu , o'sha smsning mag'zini chaqqanday bo'ldi.

Добавлено (24.10.2013, 12:11)
---------------------------------------------
Telefondan chaqiruvchi kuy yangray boshladi. Narigi tomondan sho'x ovoz javob qaytardi.
-Qandaysan,dugon.Niyatimiz xolisda hozir senga qo'ng'roq qilmoqchi bo'lib turuvdim.
-Salom.
-Ziyoratga borib kelmaymizmi?Qoraqalpog'istonda Beruniy shahrida Sulton Uvays degan ziyoratgoh bor ekan.Aytishlaricha,munojot tog'i bor emish.
-Uzoqda-ku!
-Mashinada boramiz,gurung bilan bir pasda yetib olamiz.
-Yo'q,men bormayman.Uydagilar ham ruxsat berishmaydi.
-Essizgina sen bilan borishni niyat qiluvdim...
-Borsang,men uchun ham ziyorat qilib qo'ygin.
-Aytgancha, ... raqamdan bitta bola telefon qildimi?
-Ha,raqami shunaqa edi shekilli...
-Iltimos,bir gaplashib ko'rgin. Bechora senga "kasal" emish.Uni kimligini bilasan Adham amakini o'g'li.Senda judayam zarur gapi bor ekanmish.
-Qanaqa zarur gap? Kasal bo'lsa,xudo shifo bersin.
-O'zingni bilmaganlikka olmagin,onasi bilan tog'asi uylaringga borgan ekanku.
-Bilmadim.Meni xabarim yo'q.
-Bo'lmasa uydagilaring senga aytishmaganda.
-Raqamimni bekor beribsan!
-Uzr,dugonjon xafa bo'lma.Telefonim polvonda edi.O'sha bolani o'zi telefonimdan raqamingni topib olibdi.Raqamingni izlab topolmay yurgan ekan dunyo topgan tentakka o'xshab o'yinga tushib ketibdi.
-Qiziq! Ishonmagin do'stingga...
-O'lay agar senga shu bola bitta notog'ri gap qilsa mendan o'lgunicha tinchlik ko'rmaydi! Meni senga yomon niyatim yo'qligini bilasanku.Undan tashqari u bola polvonni juda yaqin og'aynisi bo'ladi.
-Maylida,har kimni niyati o'ziga yo'ldosh bo'lsin...
Qiz telefonni o'chirdi.

Добавлено (24.10.2013, 19:58)
---------------------------------------------
Oradan bir soat o'tar o'tmas dugona uning yonida paydo bo'lib, to'lib-toshib gap uqtirardi...
Shundan so'ng bir hafta o'tib zarurat yuzasidan telefonini yoqqan qiz yana antiqa sms oldi.Bu safar yana boshqa notanish raqamdan edi.Shomdan so'ng qiz xonasiga kirdi va telefoniga ko'zi tushib sekin qo'liga oldi.
Xuddi shuni kutib turgandek boyagi notanish raqamdan qo'ng'iroq bo'ldi.Bir zum ikkilanib turgach, javob berish tugmasini bosdi va qulog'iga yaqin keltirib javob berdi.
Javob berishini kutmagan ekan shekilli narigi tomondan shoshilinch ohangdagi yigit kishining do'rildoq ovozi keldi.
-Salom alaykum!
-Assalomu alaykum.
-Haligi men...meni taniysiz.Men polvonning do'sti Akmalman.Uzr,bezovta qildim.Sizda zarur gapim bor edi.
-Eshitaman.
Qiz uning ovozidagi qaltirashni sezib o'zini dadil tutdi.
-Sizlarnikiga odam yuborgandim.Uzr,sizdan so'ramasdan yuboraverdim.Baribir hech kim bilan uchrashmas ekansiz,men bilan ham ko'rishmasangiz kerak,deb o'yladim.Polvondan eshitdim onamlar borishganidan bexabar ekansiz.
Yigit endi o'zini xotirjam tutib gapirishga harakat qilardi
-Ha shunday...
-Siz bilan yuzma-yuz gaplashib olsak bo'ladimi? Iltimos,faqat noto'g'ri tushunmang.Mayli agar yolg'iz kelishni istamasangiz dugonangiz bilan kelsangiz ham bo'ladi.Meni dugonangiz Malika ham taniydi.Sizga beradigan savollarim,aytadigan gaplarim bor edi...
-Nima savolingiz bor.Telefonda so'rayvering.Tinchlikmi?
Yigit chuqur uf tortdimi yoki nafas oldimi bunisini qiz anglolmadi.Chunki, telefonda tovushlar o'z holicha kelmaydi.
-Uchrashuvga ko'nmasligingizni sezgandim lekin umid qiluvdim... .
Tag'in dabdurustdan odam yubordi,yana to'satdan qo'ng'iroq qilib uchrashuvga chaqirayapti,deb o'ylamang.Men sizni ancha vaqtdan buyon kuzatib yuraman...Nima desam ekan,bu gaplarni aytsam xushomad qilayapti, deb o'ylaysiz.Siz hech kimga o'xshamaysiz.Men taniydigan boshqa birorta qizgayam o'xshatmaganman.Eshitayapsizmi meni.Dangalini aytsam men sizni rostdanam qattiq yaxshi ko'rib qolganman...Siz bu gaplarimni eshitib shilqim ekan demang...
Yigit gapini yo'qotib qo'yar darajada uzuq-yuluq gapirardi. U bir pas tin olib gapini yana davom ettirdi.To'g'risini aytsam birinchi marta bu holga tushushim...
Hozir nima deyotganimni o'zim ham bilmayapman.Bu gaplar tilimdan emas,dilimdan chiqayotgandek... Qisqasi, to'y qilaylik!
Uning oxirgi gapi hammasidan o'tib tushdi.
Qiz yigitning hamma gaplarini jimgina eshitdi va indamay telefonning o'chirish tugmasini bosdi.
Ketma-ket uzluksiz kuy yangrab yana o'sha raqam telefon ekranida uzoq vaqt chiqib turaverdi.
Qiz telefonni butinlay o'chirdi va xufton namoziga taraddudlandi...

Добавлено (25.10.2013, 09:23)
---------------------------------------------
Ertasiga qizning yonida yana dugona paydo bo'ldi va yana jon koyitib gap uqtira boshladi.
-Bir narsani tushunishni istamayapsan,sen gapirishni hattoki, o'ylashniyam istamaydigan mavzu-sening hayoting,kelajaging! Biz o'n sakkiz yoshdan oshganmiz.Sevgi mavzusi biz uchun ochiq mavzu.Nima qipti,Akmal yoki boshqa birortasi bilan bir martagina gaplashib ko'rsang,gaplarini eshitsang nima bo'ladi?Umringni o'qish, kitob titkilash yoki bir narsalar yasash bilan o'tkazib yubormoqchimisan?
Yoki sevganing bormi?Ayt,dugonjon.
-O'n sakkizdan oshdi degani andishani yig'ishtirib , istagingga qarshi ish tut deganimi? Hayotda hammani maqsadi har xil bo'ladi.Sen oila qurishga tayor ekansan,anavi polvoning ko'nglingga yoqqan ekan,maqsadlaring oila qurush bo'ldi.Hammani o'zingni qariching bilan o'lchama.Dugonam bo'lsang ham shaxsiy ishlarimga aralashishga haqqing yo'q!
Ha,sevganim bor.
-Voy mug'ombir-ey, nimaga shu paytgacha menga aytmading?
-Aytganman,ko'p aytganman. Demak,ayb o'zingda sen sezmabsan...
-Allohnimi? Allohni men ham sevaman.Lekin, yolg'izlik Allohga xos.
-SubhonAlloh! Undan boshqasi ko'nglimda yo'q! Qachondir,kimnidir qalbimga solsa,demak bu Allohimning menga ravo ko'rgan bandasi bo'ladi.Ha,aytgancha yosh masalasiga kelsak men hech qachon o'zimni yosh deb hisoblamaganman.Hatto, bolaligimda ham!
-Aniq,sen bu dunyodan emassan!
-Buni Alloh biladi...
Dugonalar qizg'in bahslashib uzoq suhbatlashishdi.

Добавлено (25.10.2013, 09:53)
---------------------------------------------
Oradan taxminan uch-to'rt kun o'tib ikki dugona bozorga borishga kelishib , birgalashib bozordan kerakli buyumlarni xarid qilishdi.Qaytishda dugonaning taklifi bilan shinamgina kafega kurishdi.Shirinlik va choy buyurtma qilishdi.Ofitsiant yigit ancha hayalladi.Bu orada qizlar xarid qilgan buyumlarini stol ustiga yayratib tomosha qilishga ham ulgurishdi.
-Qara, bu gazlamadan qanday uslubda ko'ylak tiksa bo'ladi?
-Qalinroq ekan ,sidirg'a qilib tikdirsang bo'ladi.Olinadigan bezak tanlasang oddiy kungayam,tantanali kunlargayam bo'laveradi.
Shu payt dugonaning telefoni jiringladi. U kim bilandir qisqagina gaplashdi.
Vanihoyat,ofitsiant ham yeguliklarni keltira qoldi.
Ular shirinligini yarimlatganda , ular o'tirgan bo'lmachaga ikkita yigit birin-ketin assalomuuu alayykuuum, deb tabassum bilan ovozlarini cho'zib salom berganicha kirib kelishdi. Bular polvon va uning do'sti edi.
Qiz o'rnidan turmasdan salom berdi.Dugona o'rnidan turdi va polvonga qarab , shu yergayam topib keldingizmi.Qoyil-e,deya go'yo hech nimadan "bexabar" kishi rolini qoyilmaqom ijro qildi. Polvon ham kulib nimadir , deb takalluf qildi va bo'sh stulga o'tirib do'stini ham stol atrofiga taklif qildi.
Qizga bu "tomosha" yoqmadi va dugonaga qarab,men ketaman, deya imo -ishora qildi. Shu payt polvon qiziq gap gapirdi.

Добавлено (25.10.2013, 12:58)
---------------------------------------------
-Ha singlim, taqdiringizdan qochmoqchimisiz? Qachongacha?
-Tushunmadim? Nima demoqchisiz?
-Iltimos,biz bilan birga o'tiring do'stim hazillashayapti deya ,uning o'rniga do'sti gapga aralashdi.
-Uzr,biz kelganimizdan ketaman deb joyingizdan turganingiz menga yomon ta'sir qildi,deya polvon ham muloyim ammo, ranjigan ohangda javob qaytardi.
-Qo'ysanglar-chi , shunaqa gaplaringni .Hech kim hech qayoqqa ketmoqchi emas, deya dugona ham shaddodlik bilan qizning qo'lidan mahkam ushladi. Ular vaziyatni yumshatishga harakat qilmoqchi ekani bilinib turardi.Lekin g'isht qolipdan ko'chgandi...
Qiz xayr-ma'zurni ham nasiya qildi va kafedan chiqib ketdi.Uyiga kelgach zarur narsalarini yig'ishtirdi va sokin qishloqqa jo'nab ketdi. Kim bilsin,ehtimol u taqdir atalmish qismatni ongu-tafakkurida umuman o'zgacha aqida bilan isloh qiladiganlar toifasidandir...

Shu bilan dialoglar mavzusi ham vaqtincha bo'lsa-da o'zgardi.

Добавлено (25.10.2013, 13:00)
---------------------------------------------
Tamom!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Суббота, 26.10.2013, 00:23 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2491
Репутация: 45
Статус: Offline
Bir nafasda o'qib chiqdim. Yengil hazm bo'ladugan hikoya bo'libdi. Hikoyada... nima disamikan. Qaharamon qiz.... U kimnidir kutayapti. O'ziyam bilmaydi. Kelganga ko'ngli bo'lmayapti. Bir gap bilan taqdirda noto'g'ri yigit uchrashidan qo'rqayapti. Ishonchi kam odamlarga. Orzusidagi yigitni kutayotgandir balki. Orzu bilan yashash uzoqqa cho'zilishi ham ahamiyatsiz unga... U faqat baxtli bo'lishni va baxtli qilishni istaydi... Lekin baxtli qilaman deb, o'zi baxtsiz bo'lishdan qo'rqadi....
Hikoyada qizlardagi shu qo'rquv va tortinchoqlikni o'qidim...
Balki fikrim yana davomlanar...
 
SokinaДата: Суббота, 26.10.2013, 09:26 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Fikringiz uchun rahmat.Agar davomlansa ,qo'shimcha fikrlaringizni ham kutaman.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ShohiДата: Воскресенье, 27.10.2013, 08:19 | Сообщение # 4
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Ajoyib hikoya... Hikoyadagi barcha qahramonlarni tanidim))

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
SokinaДата: Воскресенье, 27.10.2013, 10:00 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Nilufar_93Дата: Понедельник, 04.11.2013, 21:55 | Сообщение # 6
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Репутация: 2
Статус: Offline
Hikoya to'laligicha nuqt,verguligacha hayotdan qog'ozga ko'chirilgan.
Hikoyani nomi "Dialog".Demaki ikki va undan ortiq insonlarning o'zaro suhbati.Nomi boshqa hikoyalariz kabi emas bundan bilish mumkinki bu bo'lib o'tgan voqea sizni ko'p ham o'yga solmabdi va ahamiyatsiz.

Добавлено (04.11.2013, 20:52)
---------------------------------------------
"Farishta bo'lgim kelyapdi" qizning qog'ozga ko'chmagan dilzori manga shu so'z bo'lib gavdalandi.
Qaranga uni hech kim tushunmaydi,atrofdagilar esa faqat tanbeh bersa...
Qiz kuchli boshqalardek ojiza emas.
Bitta yurakka ikkita muhabbat sig'maydiku.U balki shu fikrda.

Добавлено (04.11.2013, 20:55)
---------------------------------------------
Ko'p yozardim lekin bir qiz esimga tushib ketdi.O'shani xotiralab aniq fikrim tarqoqlashdi.

 
MirzoxidДата: Суббота, 09.11.2013, 18:13 | Сообщение # 7
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Sog'inch Sokina

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LoadingДата: Среда, 27.11.2013, 19:30 | Сообщение # 8
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Balog'at ostonada:
Avval umidli qo'ng'iroq, so'ng maqsadi mujmal sms.
Avval Sof maqsad, so'ng ilohiy ishq.
Bugun:
balog'at. Ey robbiy meni kechir, hayolim bo'lindi. Dunyo ishlariga istak uyg'ondi. Zikring kalimasida uning beayb savollari. Oxirat tashvishida begona savol.
Maqsad:
Nikox deydi. Shungaham rahmat. Boshqa maqsad bo'lmaydi aniq. O'xshatmasdan uchratmas bilaman. Yana bilguvchi o'zing. Jismonan balog'at shartlardan biri. Dugonam misol aytaylik bunga. Ammo u xam o'zicha to'g'ri.
Yod tuyg'u:
qiziq yana necha marotaba qo'ng'iroq qilar ekan? Boshqa tashvishi yo'qmi? Agar noto'g'ri chunmasa shu yigitga rahmat. Uni mujmal smslari meni o'yga toldirdi. Bandasi oldida duduqlangan bizlar, yaratkanning oldida.. O'ylashga qo'rqaman. Yo'q qishloqqa ketaman. Qudratli tog'lar bag'rida yechim topilgay inshaalloh!

Добавлено (27.11.2013, 18:30)
---------------------------------------------
Balki yoshi ulug'lardan hayotiy voqiyalar eshitarman.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Четверг, 05.12.2013, 18:54 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Fikr-mulohazalar uchun barchangizga tashakkur!

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Dialog.(Sokina yozgan hikoya) (hikoyacha)))
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter