Четверг, 25.04.2024, 04:56
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Chillali uy (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Chillali uy (Sokina yozgan hikoya) (Hikoya)
Chillali uy (Sokina yozgan hikoya)
SokinaДата: Среда, 07.08.2013, 19:31 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Mohigul ne bir shirin orzu-havaslar bilan bu xonadonga qadam bosgandi.Umr-oqar suv,deyishadi.Oradan salkam olti yil vaqt köz ochib yumguncha ötibdiki ammo, unga farzand körish nasib etmadi.

Добавлено (11.07.2013, 15:25)
---------------------------------------------
Qaynonasinig zaharli so'zlariyu,qaynsingillarining yov qarash jon-jonidan o'tib ketsa-da , sevimli insoni uchun bariga jimgina chidab kelayotgandi.Nima bo'ldiyu,opasi mehmonga kelganda qaynonasi xop diydiyo qilib , o'glimni umri o'tib ketayapti,yigit kishiga farzand kerak bularda bu ahvol deb,ajrataman deya muddaoga o'tib qoya qoldi.Opasi ham mayuslasib:
Bunga o'glingiz nima derkan...,deya indamay qoldi.

Добавлено (07.08.2013, 18:20)
---------------------------------------------
"Qaynona qaynagan bo'lsa yomon " deyishadi.Qaynonasi qoshlarini chimirib gap bilan uzib oldi.
-Nima deyardi singliyizdan qutulolmay dardi ichida yurgandir bechora o'g'ilginamni.
-Haa, ishqilib yaxshilik bo'lsinda,deya o'rnidan sekin qo'zg'algan opani ko'zlariga yosh qalqidi.
-Keliiin,qanisiz qarang opayiz ketaman deyapti!
Mohigul ularni orasida nimadir gap qochganini darrov fahmladi-yu ammo sir boy bermadi.
-Opajon,yana birozgina o'tirsangiz bo'lardi.Uyimizdan kim kelsa doim shoshib ketamangga tushib qoladi,deya qaynonasiga iltijoli qarab bir qarab qo'ydi.

Добавлено (07.08.2013, 18:31)
---------------------------------------------
-Sizni uyingiz shu yer edi.Biznikini begona deyotgan bo'lsangiz hademay uyingizdagilarni diydoriga toyiiib o'tirasiz,deya istehzoli lab burib qo'ygan qaynonasi ulardan yuzini burib oldi.Opa-singil bir fursat o'ng'aysiz holatda qolishdi-yu mehmonxonadan sekin chiqib ketishdi.
-Mohi,yur ketamiz.Qaynonang endi seni sig'dirmaydi.
-Opa ketolmayman...
-Nima uchun ketolmaysan?Qara , bir chaqalik qadr topmayapsanku,opasi astoydil achinib gapirdi.
-Men bu uyda kuyovingiz uchun hamma zulmlariga chidab kelayapman.Agar ularam ket desalar keyin ketaman...
Singilning g'amdan ezilib boryotgani opaning qalbini tilka-pora qilayotgandi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
misSOДата: Среда, 07.08.2013, 20:29 | Сообщение # 2
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 40
Репутация: 7
Статус: Offline
Hayotiy taqdir...
Davomini yozishizzi kutaman...


Любите тех, кто рисует на вашем лице улыбку)))
 
SoginchДата: Среда, 07.08.2013, 23:29 | Сообщение # 3
Группа: Qadrli mehmon





Qaynonasini ogziga qorgowin eritib quyiw kerag.Keyin gapirolmayfigan boladi))))
Sokina hikoya tasirli chiqayapti.Ijodinizga baraka deilarmidi))
 
SokinaДата: Вторник, 22.07.2014, 17:03 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Opa-singil ko'ngillarida g'ashlik bilan xayrlashishdi.Mohigul opasining ortidan bir zum tiklab turdi-yu qaytib uyga kirdi.Qaynonasi javrangancha oshxonadagi idishlarni taraqlatib nimalardir qilayotgan ekan.Indamaygina mehmonxonaga o'tib ketdi.

Добавлено (13.08.2013, 11:56)
---------------------------------------------
Hafsalasizgina stol ustini yig'ishtira boshladi. Uning xo'rligi kelar, opasining oldida mulzam bo'lganini eslab bo'g'zi yigiga to'lgandan tolib kelayotgandi. Mohigul shu paytgacha o'zini bunchalik xorlanganini his qilmagandi.Ko'zlaridan tinimsiz yosh quyilib kela boshlagach qo'li ham harakatdan to'xtadi.Endi u o'zini butun olamda undan boshqa baxtiqaro yo'qdek tasavvur qilib sel-sel yig'lardi. Shu tobda uni hech narsa qiziqtirmayotgandi.Na qaynonasining hovlida javranib yurgani-yu,na qaynsingillarning biri qo'yib biri mehmonxona eshigidan mo'ralashi unga ahamiyatsizdek edi.Qaynonasidan shu darajada norozi bo'ldi-ki,ich-ichidan qizing meni ahvolimga tushsin, deya o'rtanib qo'yardi...

Добавлено (02.10.2013, 09:32)
---------------------------------------------
Mohigul barcha ojizalarga momo Havvodan meros qolgan ko'z yoshlarini duv-duv to'kib yig'layotgan bir paytda opasi ham go'yo ikki o't orasida qolgandek singlisining turmushi boradida jo'yali bir dalda olish va maslahatlashish uchun ota uyiga qarab yo'l olgandi...
Mohigul uchun bu xonadonda aziz insoni bor,lekin bu xonadondagi har bir kishi uning suyuklisining ham aziz insonlari.Mohigul ichidagi alamlarini ko'z yoshlari orqali biroz yumshatgach,bugun hammasini yotig'i bilan hal qilib bir qarorga kelishimiz kerak,degan ahd bilan mehmonxonani tartibga keltirgandek bo'ldi.Oshxonaga chiqqanida qaynonasi qayoqqadir otlanib ko'chaga chiqib ketayotgandi.Uning yuragi bir shumlikni sezgandek bo'ldi-yu ammo, oshxona yumushlariga chalg'ib bu haqda darrov unutdi.

Добавлено (03.10.2013, 10:45)
---------------------------------------------
Kechga yaqin Mahmud ham ishdan qaytdi.Mohigulning qiyofasidan yig'laganini fahmladi-yu ammo nima bo'ldi,deb so'ramadi.Unga hazil-huzul qilib birgalashib ovqatlanishdi.Uyda ulardan boshqa hech kimdan dom-darak yo'qligining sababini so'raganda Mohigul bilmayman degandek yelka qisib qo'ydi.

Добавлено (29.10.2013, 18:41)
---------------------------------------------
-Bugin maosh oldim.Yakshanba kuni aylantirib kelaman,deya Mahmud ayolining kayfiyatini ko'tarmoqchi bo'ldi.
-Xop.Albatta boramiz,deya Mohigul ham biroz chiroyi ochilgandek bo'ldi.
U shu tobda bugungi dilxiraliklarni esga olgisi kelmadi.Bu uyda shu yonidagi sevimli insonining halovati uchun ham xo'rlik va g'urbatlarga chidab yashashi kerakligini his qildi-yu,lekin qaynonasinig niyati bu safar jiddiyligi uni yana o'yga toldirdi.
-Mohi,sog'liging yaxshimi?,Mahmud xavotir bilan so'radi.
-Ha yaxshiman.Nega xavotirlanasiz.Meni sizga bitta taklifim bor edi.Agar rozi bo'lsangiz...
-Qanday taklif ekan,Mahmud qiziqib jilmaydi.
-Sizni uylantirsak...
-Jinnimisan! Nima deganing bu? Mahmud endi rosmana jahli chiqib Mohigulni jerkidi.
Mohigulning ko'zlariga yosh to'ldi.Yo'q,u Mahmudning zardasidan emas, daldaga muhtojligini his qilib xo'rligi kelayotgandi.Nohush his, opasining oldida xo'rlanganining alami butkul tarqalmagandi.Shu tobda u o'sha achchiq alamni ko'ksida tuyganday bo'ldi va ko'z yoshlari shashqator bo'lib yuzini yuvib o'tdi.Mahmud uni xafa qilib qo'ydim degan o'yda , o'zing ham o'yla-da,nima deyotganingni bilyapsanmi,deb ranjigan ohangda yana gapida davom etdi.Senga nima bo'layapti o'zi?Men sendan norozi bo'ldimmi hali...
Mohigul shu tobda miyasi shu qadar tez ishlab ketdiki hatto, o'zi ham keyinchalik bu suhbatni eslaganda o'ziga o'zi uzoq vaqt hayron qolib yurdi.
-Bo'lmasa,ijaraga uy olib ko'chib chiqaylik.O'zimizni kichkina ro'zg'orimiz bo'ladi.O'zimizni tezroq tiklab ketamiz.Balki,xudoni bizga rahmi kelar...
Mahmud hayron jilmaydi va unga jaboban, bu haqda o'zim ham o'ylab yuribman.Kumush ammamni ko'ruvdim, joyingni almashtirib ko'rgin zora shu sabab bo'lib farzandli bo'lib ketsalaring degandilar.Bizga katta hovli kerakmas,o'zimizga loyiq bir yoki ikki xonalik xonadon bo'lsayam bo'laveradi.Sotilayotganidan olsak balki egasi bilan kelishib bir qism puliga nasiyaga ko'ndirarmiz,deya dilidagi gaplarini ayoliga aytdi.
Mohigulning sevinchi ichiga sig'mas darajada sevinib ketdi, ko'zlaridagi alamli ko'z yosh nigohida sevinchga aylanib qotdi.Lekin u uchun eng asosiy masala bu xonadonda ketish bo'lsada,oq fotiha bilan ketishi havoday zarur edi.Qaynonasi bunga nima derkan?! Bu savolga javob qanday bo'lishini Mahmud ham o'ylab ko'rdimikan?
Mohigul ayni damda xayolidan o'tkazgan savollarni Mahmudga berdi.

Добавлено (29.06.2014, 08:03)
---------------------------------------------
Mahmud biroz dadillanib ,sen bu tomonini o'ylama hammasi yaxshi bo'ladi. Oilamizda qanchalar qiynalayotganingni sezib yuribman. Sen asablaringni tinch qilishing kerak, eng asosiysi ham shu, deya ayolini xotirjam qilishga urindi.

Добавлено (22.07.2014, 12:36)
---------------------------------------------
Shundan keyin Mahmud ikki xonali xonadonni ijaraga oldi. Bu haqda ammasini ham ogohlantirib agar biror kor hol ro'y bersa chaqirishini tayinlab ham qo'ydi.
Kutilganidek qaynona faryod bilan go'yoki o'glidan bevaqt ayrilib qolgan onadek dod solgancha kelinni qarg'ab yetti mahallani boshiga ko'tarib ko'chish masalasini fojeaga aylantirib yubordi . Har ikki gapini birida aniq bilaman o'g'ilginamni mana bu jodugarni onasi bilan opasi folbinga borib jodu qilgan. Ana ko'ringlar qizlarim o'g'ilginamni bosh ko'zini aylantirib qo'yibdi, deb rosa javrab ko'z yosh to'kdi. Qaynsingillar ham xizmatkordan, xizmatkor bo'lganda ham til-jag'siz, haq-huquqsiz va chiqimsiz tekin xizmatkordan ayrilayotganiga chidolmasdan onasiga qo'shilib motam tutishdi. Mahmud ikki o't o'rtasida qolganday chorasiz mung'ayib indamay o'tiraverdi. Mohigul xonasiga kirib har doimgiday achchiq ko'z yoshlaridan alamini oldi. Qaynonasining shang'illagan ovozda unga eshittirb aytayotgan la'nat va qargishlaridan dili xufton bo'lib ketsayam lom-lim demay chidadi.
Mahmud o'ylana- o'ylana vanihoyat yo'l topgandek bo'ldiyu, avval kelishilganidek ammasini chaqirishga qaror qildi. Ammasi bir zumda yetib keldi, uning gapirgan gaplaridan vaziyat biroz yumshaganday bo'ldi.
-Hoy, nega vahima qilasilar. Men aytuvdim Mahmudjonga joyingni o'zgartirsang farzandli bo'lib ketasan deb! Joyini o'zgartirsin, biroz yashab ko'rsin. Shundayam farzandli bo'lmasa yana biror cho'ra o'ylab toparmiz,bu turushda chindanam oglingizdan ajralasiz. Undan kora oq fotihasini bering,deya qat'iy ohangda kesib-kesib gapirdi.
Qizlarga qarab,onangku bir narsani tushunib tushunmay javrayveradi senlarga nima akangni hayotiga aralashib,he aqli yo'qlar! Onangni tinchlantirishni o'rniga olovga kerosin sepasanlar,deya urushib berdi. Qizlar biri qoyib biri yangasidan noliy boshlagandi yana qattiqroq koyib berdi. Ovozlaringni o'chiringlar.Senlaram boshqa joyga borarsan qaynonangga qo'shilib qaynsingling azobingni bersa ko'raman chidarmikansan!
So'ng Mahmudga qarab bo'l tez kelingayam ayt yuklaringni yigishtiringlar. Onangni shunday qilishini bilgandim, uyimizga yaqin joydan sizlar bop uy topib qo'ydim. O'shanga ko'chasilar,deya muddaoga o'tdi. Qizlarga qarab senlar tez bol osh damla . Akangni yaxshi korsang uni deb kelgan odamniyam hurmat qilishing shart. Biroving dasturxon yoz,deya buyurib ozi Mohigulni yoniga kirib ketdi.

Добавлено (22.07.2014, 13:22)
---------------------------------------------
Qaynona xuddi hozir o'g'lini qo'yib yubormasa bir umr ayrilib qoladigandek alfozda mayli-mayli ammasi sizga yaqin bo'lsa bo'ldi. Onasiga yaqin bo'lmasa bo'ldi ,deya shoshib gapirgancha oshxona tomonga qarab ketdi.
Mohigul ammasining hovlida turib gapirgan hamma gaplarini eshitgan va allaqachon narsalarini yigishtirni boshlab yuborgandi. Ammasi xonaga kirganda u ko'ziga najotkor farishtadek ko'rinib ko'zlarida yosh bilan sevingancha quchoqlab oldi.
Ammasi unga xayrihohlik bildirib,aylanay sendan bo'la qol uchirma qushday uchirib seni bu azoblardan ozod etay, jodugarning kulbasida shuncha yashading yetar,deb hazillashib kuldi.
Amma ham bir vaqtlar qaynona va qaynsingillardan ko'p va xo'p azob chekkan ekan.U boshidan o'tganlarini hikoya qila-qila Mohigulga yordamlashardi.
Gap orasida bir dam mayuslashib joyiga o'tirdi,olis xotiralaridan ko'zlari jiqqa yoshga tolib ogir uf tortdi-da yana gapida davom etdi.
-Yoshlikda ko'ngil musaffo bo'larkan,qizim. Senga qilingan yomonliklarni ham bir pasda kechirib yuboraverarkansan. Lekin vaqt o'tishi bilan qachonlardir ruhiyatingga qattiq azob yetkazganlardan qolgan o'sha eski yaralar o'z tasirini vaqti bemahal o'tkazib turarkan. Xuddi sununkali xastalik kabi...
Ayni yayrab yashaydigan davringda ming bir azobu xo'rliklar bilan qoningni so'rib, ruhingni sindirishganini his qila boshlaysan. Yoshlikda hayotning quvonch va tashvishlari bilan bilinmagan va hatto eslashga ham vaqting bo'lmagan ayrim narsalarni yoshing bir joyga borganda afsus va nadomat bilan eslarkansan...
Vaqt o'taveradi sen esa qachonlardir xo'rlagan odamingga nisbatan nafrat va ba'zida o'ch olish hissi paydo bo'lganicha yashayverasan. Lekin xudodan qo'rqqaning uchun hech bir chora qilmaysan, aksincha ularni xudo sening yordamingga muhtoj qilib qoyarkan. Sen osha paytni o'zida hammasini unutasanda ularga yordam berasan. Qo'lingdan kelsa o'zing kabi ojiz qolganlarga yo'l ko'rsatasan,himoya qilasan...
Haligilarga esa yuzaki muomula qilsangda qalbing undan butunlay ixotalanadi. Ayniqsa,u seni yaqing yoki mehr berganlaring bo'lsa bu adovat o'ti sonmas ekan. Vaqt- bevaqt bosh ko'taraverar ekan.
Sen esa qizim, qalbingda asorat qolmasligi uchun hammasini ongli ravishda chin qalbdan kechirishga harakat qil, kechirganda ham magrurlarcha kechirgin. Ular sendan ma'naviy va ruhiy jihatdan past darajada ekanini his qilishsin,qizim deya Mohigulga nasihat bergan ammaning haqiqattanam hayot haqidagi falsafasi teran va asosli edi.
So'

Добавлено (22.07.2014, 15:34)
---------------------------------------------
So'z - qin ichidagi xanjar,deb donolarimiz bejiz aytishmagan ekan. Qaynonasining zaharli qargishlari Mohigulning qalbida allaqachon unga nisbatan naftar uygotib ulgurgandi. Ammaning nasihatini jon qulog'i bilan tinglagan Mohigul shu tobda unga yetkazilgan hamma ozorlarni kechirishga tayyor edi. Faqat shu oiladan ketsa boldi. Ne bir orzular bilan shu xonadonga oyoq bosib keluvdi ,noilojdan sevgan insoni uchun juda ko'p ko'rguliklarga chidashga majbur bo'ldi. Endi esa o'zlari mustaqil hayoti boshlaydi. U shu o'ylar bilan anjomlarini chaqqon harakatlar bilan birpasda yigishtirib tashladi. Mahmudga ish ham qoldirmadi.
Oradan biroz vaqt o'tib ammaning aytgani boyicha dasturxon yozilib osh suzildi. So'ng Mahmud yuk mashina chaqirtirdi. Hamma yuklar mashinaga joylangacha mahallaning keksa onaxonini chaqirtirishib yoshlarga duo berib ko'chirishdi. Amma ham ular bilan birga bordi. Manzilni bilib o'z uyiga ketdi.
Ularga yordam berish uchun hech kim bormadi. O'zlari shodu-xurramlikda ijaraga olgan bo'lsa-da o'z uylariga joylashishdi.

Добавлено (22.07.2014, 15:48)
---------------------------------------------
Kunlar va kunlar ketidan oylar o'ta boshladi. Ular har ikkalsi ham ishlab shu uyni bira to'la sotib olishdi. Ammaning aytganidek hayotning tig'iz kunlari bilan vaqt o'tganini ham sezishmasdi. Mahmud onasidan tez -tez xabarlashardi. Mohigul esa ba'zi bazida biror tansiq ovqat pishirib amma bilan birgalikda qaynonasini ko'rishga borardi...
Ammaning aytgani to'g'ri keldi. Ishonch mo'zija yaratadi.Ular oradan bir yil o'tib farzandli bo'lishdi. Mahmudning sevinchi ichiga sig'masdan onasiga qo'ngiroq qilib xushxabarni yetkazdi. Onasi ko'zlarida yosh bilan umri bilan bergan bo'lsin,deyoldi xolos.
So'ng,o'ziga o'zi sen yaxshi bo'lganingda bu paytda uying barokatga to'la chillali uy bo'lardi,deya qilgan ishlaridan pushaymon bo'lgancha afsus bilan og'ir uf tortdi...

Добавлено (22.07.2014, 16:03)
---------------------------------------------
Tamom!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Chillali uy (Sokina yozgan hikoya) (Hikoya)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter