Суббота, 04.05.2024, 18:55
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Yon daftarchaga yozilganlar... - Страница 13 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 13 из 13
  • «
  • 1
  • 2
  • 11
  • 12
  • 13
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Yon daftarchaga yozilganlar... (Yon daftardagi yozuvlarim..)
Yon daftarchaga yozilganlar...
GiyosДата: Пятница, 04.04.2014, 11:03 | Сообщение # 301
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Telegramm.
Telegramm deganda hozirda ko'pchilik smartfon tutuvchilar, xabar almashinuv messenjerini, yoki WhatsApp messenjerini analogini tushunishadi. Xaqiqatdan ham, telegramm do'stlar, yaqinlar bilan xabar, musiqa, rasm, video almashish uchun qulay dastur. Ayniqsa, yaqinlaridan uzoqroqda bo'lganlar uchun arzon gaplashish vositasi hamdir. (WhatsAppda video, musiqa, rasm almashinish hozirda muammo bo'lib qolgan). Lekin hozir bizda, bu dasturdan shu maqsadlarda foydalanayapmizmi? Bu maqsadlarda hali ham Whatsapp xizmat qilmoqda. Telegrammchi? Ko'pgina tanishlarimda kuzatishimcha telegrammda ko'proq video almashinish uchun, aniqroq aytadigan bo'lsam, porno videolar, daxshatli kulguli va shu turdagi har hil yoshlarni tarbiyasiga ta'sir qiluvchi videolar ko'chirib olishgan. Ko'proq pornolar. Uzoqqa bormayman, telegramm endi ishga tushgan vaqtlari men o'zim ham shu dasturni yukladim. Bir tanishim tashkil qilingan guruhlarni biriga qo'shib qo'ydi. U yerda hamma bolalar. Biri olib, biri qo'yib porno videolar almashishmoqda. Boshida hayron qoldim, ozgina kuzatdim. Bir guruhga 200 ga yaqin ishtirokchi qo'shilarkan. Demak bir buzuq video bir lahzada 199 ta odamga yetib bormoqda. Deylik ularni hammasida yana bittadan shunday boshqa guruh bor. Ular u guruhga qo'ysa 39 800 ta odam ko'radi, ular ham boshqa guruhga qo'ysa 7 920 200 ta odam ko'radi. Bu o'z navbatida oshishi mumkin. Bu maqolani yozishga menga bir odamni fikri turtki bo'ldi. U bir tanishiga telefonda "Telgrammni o'chirib tashla (menimcha u qiz tanishi), u yer normalniy odamlar kirmaydi. Bilmaysanmi qanaqa joy ekanini" dedi. Qiziq. U yer qanday joy ekan? Birinchi fikriga qo'shilaman, normalniy odamlar o'tirmaydi. Ikkinchi fikrida esa, u qanaqa joy ekanini bilmaysanmi? dedi. U dasturni qanaqaligini baholayotganlar o'zimizni odamlarku. Nahotki hozirda shu dastur odamlar ongida xabarlar messenjerimas, porno va buzuqlar messenjeri sifatida namoyon bo'lib qolmoqda? Agar usha yuqoridagi fikr sohibiga o'xshash odamlar toifasini (texnika bilan kamroq yaqin) 40% dan ko'proq deb bilsak, balki undan ko'proq. Bechora telegramm buzuq dastur ekaniga ishoniladi. Aslida dastur emas, u yerdagi odamlar buzuqligiga esa ahamiyat berilmaydi. Sababchi shu dastur. Chnki u toifalar fikrida shu. Va yaqinlarini u odamlardan himoya qilib, to'g'ri ham qilishadi. Aslida odamlar ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri maqsadlarda foydalanganliklarida, bunday fikrlar bo'lmasdi. Messenjerlardan avval ijtimoiy tarmoqlar tanqidga olinib, buzuqqa chiqarildi, u ham buzuq odamlar hisobiga. Messenjerlar chiqib, ommalashib, ijtimoiy tarmoqqa kiruvchilar soni kamaygach (buzuqlar endi bu dasturda ko'paygach), massenjerlar yomon otliqqa chiqib qoldi. Bu gaplar bilan bu dasturdan foydalanmang, yoki foydalanavering demoqchimasman, u o'zizngizga havola. Hozirda maktab bolasini qo'yib turaylik, bog'cha bolasida ham telefon borligini hisobga olib, ularda ham bu dasturlar borligi uchun, ularni telefonlarini nazoratga olishga e'tibor qaratmoqchiman. Siz hech bo'lmasa, ukangiz, singlingiz, bolalaringizni telefonini olib, bir kunda bir bora tekshirib turing. Bolalarni erta buzulishiga, ko'zi ochilishiga yo'l qo'ymang va asoratidan kuyub yurmang. Dasturlardan to'g'ri maqsadlarda foydalanaylik.
Yana bir narsa esimga tushib qoldi. Hozirda bizda juda ko'p ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmoqda. U yerni qo'pol qib aytganda, o'zini tanasini sotadiganlar makon qilib olishgan. Extirosli tushgan rasmini tegiga telefon raqamini yozib qo'yib, o'zini sotayotganlarni ko'rishimiz mumkin. Yoshligida kayf safo qilib yurib, keyin bitta, sofdil, sodda bolaga erga tegib oladi. Ijtimoiy tarmoqlar ular uchun uyda o'tirib mijoz topish imkonini berdi.
Shunday illatlarga qarshi kurashadigan hiiiich kim yo'q. Hammaga baribir, opasi, yoki singlisi telefonda kim bilan gaplashayotgani qizig'i qolmagan. Kim bilan yurayotganini ham. Qaytaga kuyov topildi deb hursand. Bilmaydiki u bir kunlik kuyov ekanini.
Hammani insofini o'ziga bersin. Yon atrofga qaraylik. Kelajak yoshlari bizdan o'rnak oladi. O'zimizdan aqlan va jismonan sog'lom avlod qoldiraylik.
Giyos
 
SokinaДата: Суббота, 05.04.2014, 09:47 | Сообщение # 302
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Siz yozgan narsalar haqida ko'p eshitaman lekin umuman qiziqmadim. Tarbiyam shunday tabiylikka nuqson yetkazuvchi narsalar xoh moddiy xoh ma'naviy jihatdan bo'lsin bunga juda qarshiman.
Ovqat ekan deb har narsani yeyavermaymizku. Alloh bizni oliy qavm deb yaratdimi , demak o'zimizdagi oliyjanoblik xususiyatimizni halollik bilan bezab boyitaylik-da!)

Добавлено (05.04.2014, 08:45)
---------------------------------------------
It- odamning sodiq do'sti. Odam-chi?! Itga sodiq do'st bo'loldimi? Itni nima maqsadda zanjirband etishayapti? Itning vazifasi juda og'ir! It odamni odamdan qo'riqlayapti...
Bobokalonlarimiz itni xonakilashtirishidan asosiy maqsadi, chorva mollarini yovvoyi hayvonlardan himoya qilishi va boqishini ko'zda tutishgan. Dunyo o'zgardi, hamon o'zgarayapti...
Lekin, odamzod o'zgarmadi! Hali hamon bu dunyoning zolim,esipast maqtanchoq,yolg'onchi,... Va hakoza la'natlangan "hukmdori"!
Kamchilik insonlargina bu "hukmdor"likka da'vo qilishmaydi.
Dunyo o'zgarmoqda,odamzodning yovuz fe'li o'zgarmayapti...

Добавлено (05.04.2014, 08:47)
---------------------------------------------
Keyingi yozganlarim boshqa mavzu edi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Среда, 09.04.2014, 11:52 | Сообщение # 303
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ommaviy xat(sms)lar.
Ommaviy xatlar deganda, man "spam" xabar(sms)larni nazarda tutmoqdaman. Spam bu bir mazmundagi xatni ommaviy tarqatish maqsadida, bir biroviga yuborish. Uning mazmuni har hil bo'lishi mumkin. Diniy mazmunda (deyiladiki, shu xabarni yuborsa, unga omad keladi, ishlari yurishib ketadi, savob oladi... vahakazo. Aqlan o'ylab qarsak, shu narsalar bitta xat bilan amalga oshganda, uyga o'tirib olib, kuni bo'yi xat yozmasmidik. Yana o'sha kelgan xatga munoasabat bildirib, mazmunini so'rasak, yuborgan odam ham bilmaydi? O'zi bilmagan narsani odamlarga yuborib savob olaman deb, bilmay gunohga botmaylik... Hamma narsa Allohdan, Alloh bilguvchi. Xabar yozgandan ko'ra, o'shani Allohdan so'raganimiz ma'qulroq. Keyingi hili sevgi, baxt, yana shunga o'xshash... Shu xatni yana 3 odamga yuborsangiz, 4 chi bo'lib sevganingiz yozadi. Qiziq? Uni sevgani bo'lsachi, yana uni yonida o'tirgan bo'lsa... Kim yozarkin endi unga? Yoki 4 chi bo'lib, kimdir yozib qolsa, o'sha bilan sevishib ketaverish kerakmi? Aksiga olib o'sha paytda, yigitga, yigitdan xabar kelib qolsa nima bo'larkin? O'sha yigit qarashlarini o'zgartirib, o'sha xabarga ishonib, o'sha yigit bilan sevishadimi, yoki teskarisi, qiz qiz bilan sevishadimi? Kulguliya)))). Nahotki sevgi topish kimdir tomondan o'ylab topilgan xabarga kuni qolgan bo'lsa... Yana mana bunaqa mazmunda xat bor. ".... Shu xabarni 7 (hohlagancha son) kishiga yubor va kechqurun senga sen sog'ingan insoning telefon qiladi". O'sha sog'inganingizga o'zingiz telefon qila olmaysizmi? Hech bo'lmasa gudok tashlay olmaysizmi? O'sha 7 ta kishi o'rniga, o'shan sog'inayotganiz, sog'inmoqchi bo'lganingizga sms yozib hol ahvol so'rang. Qaytaga hursand bo'ladi. Buyoqda ortiqcha odamlarni bezovta qilgandan ko'ra. Shu mazmunda aqlga sig'mas xabarlar ko'p. Hammasini yozib, sizni boshingiz qotirmoqchi emasman. Bu shunchaki qayta yuborayotgan odamlarni ongi, madaniyati, fikri, farosati pastligidan deb tushunaman. Chunki o'zi ham hech narsaga ishonmaydi, shunday bo'lsa ham qovoq deb atalmush kallasiga analiz qila olmay, yuboraveradi. Yana spamlarni boshqa turi bor. Bu reklama maqsadidagilar. Bular asosan bir kishi (kompyuter programmasi) tomonidan yuboriladi, qayta yuborishlar kuzatilmaydi. Va yana boshqasi, biror dastur haqida, biror hodisa haqida, biror voqea haqida bo'ladi. Masalan, WhatsApp programmasini yana ishlatishni hohlasangiz, shu xabarni 10 ta do'stlarizga yuboring, shunda sizda ko'k belgi chiqadi. O'chmaydi deyiladi. Bechora soddalar, shu xabarga ishonib, hammani bezovta qilib, yozib chiqadi. Lekin hech narsa qilmaydi. Yopilmaydiyam, o'chmaydiyam, qayta yonmaydiyam. Yuborgannikiyam, yubormaganikiyam. Hech narsa bo'lmaydi. Chunki WhatsApp yoki boshqa programma tuzuvchilarni bizga SMS yuborishdan boshqa tashvishiyam ko'p. Yana bir mashhur spamlarni biri turi, bu oson daromad olish. Aytiladi, mana siz 10000000$ yutib oldingiz. Quydagi manzilga javob yozing (telefon qiling, bank hisobingizni yuboring), biz sizga pulingizni yuboramiz. Yoki Qaysidir Afrikadagi bobokalonizdan qolgan meros bo'ladi. Yoki Qaysidir davlatdan oltin koni rahbarini qizi sizga turmushga chiqishni taklif qiladi. Va unga ozgina pul kerakligini, documentlarini to'g'rilashi kerakligini.... Ishqilib, uhlatishadi. Bank hisobida pul bo'lsa, yechvolishadi, pul yuborsangiz, qaytib ko'rmaysiz. O'zingiz o'ylab ko'ring, kim sizga oson daromadni, tekin daromadni taklif qiladi? Siz kimgadir shunchaki katta miqdorda pul berasiz? Yana tanimagan begona odamga? Shunchakiga, sog' odamga. Yo'q. Shunga ishonmanga bu xabarlarga.
Gapni indalosi. Hurmatli 7 ta tanishizga shuni yuboring desa, "qo'ydek" unga bo'ysunib, yuboruvchilar. Bizlarni o'sha xatlaringiz bilan bezovta qilmang. O'sha hamma hammasi o'zizga buyursin. Mingdan ming rozimiz. O'sha sevgsiyam, puliyam kerakmas. Hudo hayringizni bersin. Agar iloji bo'lsa, o'sha yong'oqdek burishib qolgan miyangizni ozgina ishlatib o'ylab ko'rib, har narsaga ishonavermasligingizni so'raymiz. Bu xatlaringiz bilan odamni hayoti o'zgarib qolmaydi va boyib ketmaydi. Agar shunday bo'lganda hozir yer yuzida, hecham g'amgin odamlar qolmasdi.
Bu xabarlar ishonsangiz ham, biz ishonmaymiz. Tajribangizni bizda o'tkazmang.
Xulosa o'zingizdan...
 
SokinaДата: Четверг, 31.07.2014, 23:04 | Сообщение # 304
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bir savolga hech javob topolmayman...
O'sha savolni qanday berishni bilmayman...
Aniq javob yo'qligini ham bilaman...
Chunki,odamzod murakkab jonzot...
Kimdir sizga do'stman deb ayni paytda ham do'stni ham dushmanni ishini qilishi mumkinmi?!
Masalan, yordam so'rasangiz yordamini ayamaydi, kezi kelsa orqangizdan loy chaplab ham yuboraveradi...
U sizga kim?
G'alati paradoks!

Добавлено (31.07.2014, 22:04)
---------------------------------------------
Jinnicha qiliqlarimni yaxshi ko'raman biggrin tongue


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
mhomidДата: Среда, 06.08.2014, 18:37 | Сообщение # 305
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 1
Репутация: 0
Статус: Offline
hamma yuzingdagi tabassumga aldanib turganda, k6zingdagi dardni k6ra olgan do'st haqiqiy d6stdir
 
SokinaДата: Воскресенье, 05.10.2014, 21:37 | Сообщение # 306
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Tavbalardan jamlangan misralarni kuyladim samoga boqib, qushlar mungli nolamga g'amgin jo'r bo'ldi. Qiyomatda odamlarni ahvolini o'ylab o'z tillarida bezovta chug'urlashidi.
Faryodimni gullar tinglab dol bo'ldi. Gulbarglari chanqagandek behol bo'ldi. Hamdlar aytdi parvardigorga. Odamzodning oxirat g'ami uchun so'lginlashdi.
Bu nolamning avjidagi darddan daraxt duv-duv barg to'kdi. Odamizodning qilgan gunohlariga guvoh bolgani uchun avf so'ragandek goyo duv duv ko'z yosh to'kdi....
Nolam tindi.
Tasirlanib chapak chaldi,olqishladi faqat odamzod!

Добавлено (05.10.2014, 20:10)
---------------------------------------------
Olqishlarga munosib zot -Naqqoshga emas, naqshga oshiqlar mendan olisroq yurishingizni istayman...

Gunohlardan yiroq qil, Rabbim!

Добавлено (05.10.2014, 20:37)
---------------------------------------------
Har tola sochimda tavba yashirin
Titrab turgan bu jonim tavbadan bunyod.
Osiymiz, osiy-ya osiy bandalar tavbaga qaytsin,
Har gunohkor bandangni avfu et, avfu et Robbim....


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Суббота, 11.10.2014, 01:41 | Сообщение # 307
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
P.S Singlim SOKINA. Qo'shnichilik bunday bo'lmas. Haqqimga duo qilmay qo'ydizov. Ibodatlarimda sezilib qoldi.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Воскресенье, 19.10.2014, 12:09 | Сообщение # 308
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Assalomu alaykum qo'shnim. Gulichcha onamiz, yangamiz, yaqinlar sog salomatmi. Ularga duoyi salomlarimni yetkazasiz. )
Har yaxshilik Xoliq haqdandir.Duodaman)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Четверг, 27.11.2014, 10:29 | Сообщение # 309
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
P.S Shu mavzuga yozishga qaror qildim.
O'tmishga yo'l olasiz, ho'sh O'zbekni tarixini eslasangiz alamzadlik bor. 70yillik tutqunlik. Nima O'zbek millati vujudga kelganiga 80 yil bo'ldimi? Buxoriy Xorazmi faqat bitta shaxs deb o'ylaymiz, tarixni boshqattan varroqlang. Albatta unda siz asrga tatigulik yillarga, minglab buyuk shahslarga guvoh bo'lasiz.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Воскресенье, 30.11.2014, 20:47 | Сообщение # 310
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bugun to'yimga 1 yil to'ldi. Shuncha vaqt o'tsayam kechagidek yodimda... Hamma so'zlar... Hamma hammasi. Kechagidek... Deyarli bugundek... Hozir to'yimdan qaytib, birga o'tirgandekman... 100 yilliklar nasib qilsin))
 
GiyosДата: Суббота, 07.02.2015, 04:49 | Сообщение # 311
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Shunchaki yozgim keldi shu yerga. Vaqt o'tayapti...
 
LoadingДата: Среда, 25.03.2015, 02:19 | Сообщение # 312
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Yog'du. So'rasangiz birov tayinlik uni ko'rmagan. Ko'rgan odamga quloq solsangiz yog'du sochgan nur aslida o'zining tasavuridek tuyiladi(ko'rinadi). Negadur men "inson bu - yog'du" degim keladi. Odamlar bir-biriga nima uchun bunday talpinishini shunda chungandek bo'lasiz. Eslang biror yaqiningizni so'zini eshitib turib so'zlar yurib ketayotkandek yoki yoqimli kuy kabi tanangizga dilbar tuyiladi. Ko'ziga qarab ko'zingiz qamashadi. Uni aniq ko'rib turasiz, lekin ko'zingizni olgan zaxoti uning surati xotiramizda xira tortib qoladi. Yana qaraymiz. Yaxshi inson tanasi nur to'la idish qiyosi emasmi? Uning butun tanasi bo'ylab yog'dular yorqinlanadi.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Пятница, 03.04.2015, 13:44 | Сообщение # 313
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
... qunt, vaqt va hafsala sarflab yozib, arzimagan qismi yoqmagani uchun olovga tashlash,uni bahridan o'tish ... Bu kim uchundir telbalik, kim uchundir mukammallikka intilish...

Mavhumlik.

Odamzod paydo bolgandan beri "yaltiroq"larga talpinib kelmoqda.
(O'ylaymanki,bu yozganlarim yoqlikka mahkum etilmaydi)
Daraxtning so'lg'in gullarini ko'rib rahim keldi. Gullarda sabab bor gunoh yoq. Gullarda odamlarning sababi va rizqi bor edi. Odamlar o'z rizqini o'zi gunohlari va yaltiroqlarga aldangani uchun qiydi,deb o'yladim...
Kimdir aytdi, Allohim qahrini tabiatdan oldi deb. Tabiat sababchi boldi, odamlar nafsiga qul bolgan yolg'onchilarni ko'klarga ko'taradilar ...odamlar yaltiroqlarni illiyuziyasiga mahliyo boladilar, soxtaliklari va ko'zboyamachiliklari bilan bir birini aldaydilar.

Добавлено (03.04.2015, 13:44)
---------------------------------------------
Juma muborak ahli Islom.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
zulfiyДата: Понедельник, 13.04.2015, 01:57 | Сообщение # 314
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 14
Репутация: 0
Статус: Offline


"Ben kinci biri değilim. Sadece canımı acıtan insanların, hiçbir şey olmamış gibi hayatlarına devam etmelerini istemiyorum."
 
GiyosДата: Среда, 29.04.2015, 20:45 | Сообщение # 315
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hayotda ko'p narsalar borki, u seni hohshing bilan emas, o'zgalar ishi bilan bitadi. Sening ishing esa hech narsa...
 
GiyosДата: Воскресенье, 03.05.2015, 11:49 | Сообщение # 316
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Taqdiringga yozilmagan gulni qancha qayirma, ayirma, sug'urma uzolmaysan... U chunki seniki emas, seniki bo'lmagan. Uni faqatgina joyida hidlashing mumkin...
 
GiyosДата: Воскресенье, 07.06.2015, 16:47 | Сообщение # 317
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Men endi doctorman...
 
GiyosДата: Среда, 30.09.2015, 14:32 | Сообщение # 318
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Oilada va boshqalar bilan turli kelishmovchilik va janjallar bo'lib turishi tabiiy holdir. Sababi ba'zida o'zim bilan ham kelisha olmay, janjallashib turaman)))
 
bek_x6Дата: Вторник, 03.11.2015, 12:38 | Сообщение # 319
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
inson ertaga nima bo'lishini bilmasekan... Taqdir dimizu aslida taqdirimizni faqat o'zimiz yaratarkamiz... Oldindan oqib turgan suvni qadrlolmasang borgan sari yolgizlanib, tashvishlarga ko'milib boraverarkansan... Hatto ko'z nuringni behuda sarflasang ertaga shu nurham seni tashlab ketarkan... Kechagina dunyoni go'zalliklarini quvonib ko'rib turgan ko'zlarni bugun tuman qoplab kechagi go'zallikdan faqatgina xira shira tasvirlar qolsa....... Darding aytgani bir do'st topolmay faqat qog'ozga boringni sochasan, u jiim sukut bilan darding olarkan.......

Нет подпись...
 
GiyosДата: Воскресенье, 29.11.2015, 17:32 | Сообщение # 320
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Reanimatsiya bo'limidan chiqib kelayotgan doktorni, bemorni qarindoshi to'xtatdi.
- Doktor kechirasiz.... Men....
- Ha. Siz ...... ni qarindoshimisiz. Hozir qaytib kelib, sizga kerakli dorilarni yozib beraman.
- Umid bormi?!
- Ha. Umid hamisha bo'lgan!
***
Har qanday sharoitda ham, har qanday qiyin vaziyatdayam, har qanday og'ir damlarda ham umidni so'ndirmang. Nochor bemorlarga yordam bering va ularda ham hayotga bo'lgan umidni qayta uyg'oting.
 
LoadingДата: Четверг, 07.01.2016, 00:34 | Сообщение # 321
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Jarayon.
Farzandim injiqlik(erkalik) qilib qoldi. Avval suyib erkaladim. Ishdan charchab kelgandim, ko'zim uyqu torta boshladi. Sal kam bir yarim soat alla aytib tebratibman. Uhlamadi! Qo'limga olib tebratishni boshladim. Be foyda. Ko'zi uyqudan yumilay deydi, lekin uhlamaydi.
Ichim
Qulog'imga birov "yaxshilab kaltakla, qo'rqanidan tinchlanadi, charchab uxlaydi" deyaverdi. Lekin u( qulog'imga shivirlagan) bilmas ekan mani o'g'limni. Shunda ikkinchi maslaxat beradigan ovoz keladi." Hop uraman. Mayib qilib qo'ysam, keyin rohatlanamanmi? Hotirjam uyquga yotamanmi?" dedi.
Shartta kasha sut zakaz qildik. Ichib oldiyu shirin uyquga ketdi.

Ongli inson, vaqt haqida o'ylab ko'r. Unumli foydalanish boshqa-yu, bazi ishlarni vaqtida amalga oshirishlik shartligi shartdur.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Yon daftarchaga yozilganlar... (Yon daftardagi yozuvlarim..)
  • Страница 13 из 13
  • «
  • 1
  • 2
  • 11
  • 12
  • 13
Поиск:
Flag Counter