Суббота, 20.04.2024, 03:55
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Mening ijodlarim (Kamola_95) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Mening ijodlarim (Kamola_95)
Mening ijodlarim (Kamola_95)
Kamola_95Дата: Понедельник, 01.07.2013, 18:53 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
Bu mavzuda mani qalamimga mansub she'r va monologlarimni o'qishingiz mumkin.

Добавлено (01.07.2013, 17:09)
---------------------------------------------
Bu monolog&she'rimni
Lochinbek Erkinzoda- seni izlayman monologlaridan ilhomlani javoban yozganman!

HAYOTRANG KO'ZLAR.
(Seni izlayman 2)
Sevgi... Nima u? Qanday bir tuyg'u ekanki, insonni shunchalar g'arib qilib qo'yar ekan. Allohdan o'zgaga bo'ysunmaydigan qilib qo'yarkan.
Men sevish bu telbalik desalar tushunmasdim, bu tuyg'u insonni shunchalar telbanamo qilib qo'yishi mumkinligini umuman tasavvur ham qilolmasdim, o'sha lahza, o'sha kungacha...
Negadir odamlar orasida ko'zlarim nogohon hammani e'tiborini o'ziga beixtiyor tortayotgan bir istarali yigitga tushdi. Uni ko'zlari shunchalar porlab turardiki, bu ko'zlarga bir qarab ko'zimni uzolmay qoldim. Uni ko'zlarida shunday bir beg'uborlik, poklik bor ediki, uni zilol suviga qiyoslasa, suv uyalib qaylargadir oqib ketar darajada edi...
U ham nazarimda menga goh goh qarab qo'yardi, uni tabassumining jozibasidan aqladan ozayozdim... meni qalbimda qandaydir tuyg'u g'alayon ko'tardi, bu tuyg'u nimaligini tushunmay asta pichirlardim, nahotki shunday bo'lsa o'sha muhabbat...
U ketdi, o'zi bilan hayollarim-u, borlig'imni olib ketdi. O'zligimni yoqotdim go'yo. Uni ko'zlari ko'z oldimda muhrlanib qolib ketdi, hayolimda faqatgina o'sha moviy yo'q, moviy emas qandaydir yashil, hayotrang, ha hayotrang ko'zlari menga ma'noli boqib turardi...
Sog'inib ketyapman... sog'inch meni o'z qamaliga olib, o'sha hayotrang ko'zlarga zanjirband etdi...
Qani endi Alloh menga shu ko'zlarni yana bir bor ko'rishni nasib etsa. Ahir aytishadiku Alloh mehribon. Izlayman uni har yerdan, telbalarcha har insonning ko'zidan o'sha poklik va beg'uborlikni. haqalli uni ismini ham bilmayman, shunda ham umidsizlik ummonidan olisman...
(Davomi she'rda)

Yuragimda bir mungli o'kinch,
Kezaman dard hiyobonini,
Qalbimni tirnaydi bir sog'inch,
Qaydan topaman visolini.
U ham menga qaraganida,
Meni sevib qolmaganmikin?
U ham hozir shu tob, shu chog'da,
Telbalarcha ahtararmikin?
Osmondagi kabutarlar ham,
Seni izlab bo'ldilar behol,
Lochinlar ko'p ularda ham g'am,
Izlarlar ko'p behol, bemajol.
Hayot usiz juda qorong'u,
Nega ko'rdim o'sha ko'zlarni?
O'sha ko'zlar go'yo bir og'u,
O'ziga chorlayverar meni.
Gullarda ham ma'no yo'q go'yo,
Tikanlarin sanchdilar menga,
Rahmi kelib to'kilar go'yo,
Hazonlar ham meni holimga...
Shovqinli shahar ham gung bolgan hayhot.
Muncha qiynamasang meni sen hayot.
Yaqinlarim aytar "unut sen uni,
Seni deya qancha majnunlar bedor"
Ahir nima qilay sevdim men uni,
Yuragim o'shal ko'zlar ko'yida bemor.
Izlayman izlayman men uni faqat,
Bilaman axiyri toparman albat...
Izlayman to umrim oxirlaguncha,
To yer o'z bag'riga meni olguncha,
Oxirat nafasi menga yetguncha,
To hasta yuragim tinch qo'ymaguncha.
U mening yuragim qurgan qasrning,
Yakka-yu yagona shoh-u sultoni,
Dilimning tuganmas boyliklarining,
Betakror, mukammal xon-u, xoqoni.
Eshitmoq istayman jonimdan ortiq,
Jonim deya erkalovchi jarangdor so'zlar,
Qaydasiz, izlashdan tanimda titroq,
Armonga aylangan, HAYOTRANG KO'ZLAR...
 
GiyosДата: Понедельник, 01.07.2013, 19:03 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hayotrang ko'zlar... Ta'rifga so'zlarim topolmayapman. Super.
 
ShohiДата: Понедельник, 01.07.2013, 19:07 | Сообщение # 3
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Moviy rang-mening eng sevimli rangim... Benihoya tasirlandim...

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
Kamola_95Дата: Понедельник, 01.07.2013, 19:09 | Сообщение # 4
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
Giyosaka, Shohi raxmat, yoqqanidan hursandman.
 
SokinaДата: Понедельник, 01.07.2013, 19:14 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Mening tasavvurimda hayotning rangi kamalakrang.Ijodiy qoralamangizni o'qiyotib taxminan issiq istarali inson qiyofasi xayolimga keldi.Lekin,u inson kimligi menga ham qorong'u)
Ijodingizga baraka!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Kamola_95Дата: Понедельник, 01.07.2013, 19:30 | Сообщение # 6
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
Navbatdagi ijod mahsulim "Ko'rgim keladi".
______________________
KO'RGIM KELADI.
Hayr dedim kechir sevganim,
Ixtiyorimdan ayrildim men,
Alloh yuborgan o'shal dardim,
Davosizdir afsusdaman men,
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi.
Imkonim bolsaydi qo'limda,
Azizim bo'lsayding yonimda,
Madorim qolmadi jonimda,
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi.
Meni o'ylamagin zolim deb,
Hiyonatkor, johil yorim deb,
Sevmas ekan, bevafoyim deb,
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi.
Baxtli bo'lgin jonim har qachon,
Orzularing bo'lmasin armon,
Seni bugun sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi.
Meni o'limimni yorim bilmasin,
Ko'zlariga hech qachon, yomg'ir to'lmasin,
Meni qabrim uni ko'ra olmasin,
Uni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi...

---------------------------------------------
Sokinam man "Hayotrang" deb yashil rangni etmoqchi edim. yashil hayot ramzi hisoblanadiku. etiboriz uchun kotta raxmat.
 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 01.07.2013, 19:38 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Oxo omadlar
 
Kamola_95Дата: Понедельник, 01.07.2013, 20:46 | Сообщение # 8
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
Abroraka raxmat!
 
SoginchДата: Понедельник, 01.07.2013, 21:10 | Сообщение # 9
Группа: Qadrli mehmon





Xamma hayotni har xil rangda korarkan.Man un hayot cherno-beliy ckvoz fortochki)))))
ijodiyizga omad.
 
Kamola_95Дата: Понедельник, 01.07.2013, 23:55 | Сообщение # 10
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
QARO QOSHLIGIM
Qoshi qora notanish yigit,
Muncha mahliyosan ko'zimga,
Yuragimdagi g'amni qurit,
Ishonmagin meni so'zimga.
Men senga ho'b tashvish keltirdim,
Ahir bu injiqligimdanmas,
Seni o'zimdan ko'p bezdirdim,
Bu sen uchun muammo emas.
Jahlin chiqib gohida, menga,
Bir nimalar deb o'ksinasan,
Bilasan befarqmasman senga,
Shuning uchun battar sevasan.
Ahir men ko'p go'zal emasman,
Ahir feli keng ham emasman,
Sochi uzun pari ham emas,
Ko'zi shahlo dilbar emasman.
Nechun bunchalar meni sevib,
Ardoqlaysan qaro qoshligim,
Meni ko'rib sevinib, suyib
Ezozlaysan balo boshligim..?
Ha boshingda baloing o'zim,
Ha dardingga davoing o'zim,
Seni g'urbat, jazoing o'zim,
Qaro qoshli, yulduz ko'zligim!
 
SoginchДата: Вторник, 02.07.2013, 01:08 | Сообщение # 11
Группа: Qadrli mehmon





qora qowli yigitiyzni rosaaa erkalatibdizdaaa))))
umas siz erkalaningdaa)))
hazil qildim werni oqisa boladi)))
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 02.07.2013, 01:23 | Сообщение # 12
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Voy meni qoshim shunaqa qorakiiii smile
 
MirzoxidДата: Вторник, 02.07.2013, 01:57 | Сообщение # 13
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Замонавий Ижодми?
Хаётранг ку'зларр... (юлдуз ку'зга ухшатдим)
К.ора к,ошлигим smile шу шер менга жуда ёк,ди (к,ора к,ош деб к,алин к,ошни етилса кере) Ижодизга омад тлиман)))


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
Kamola_95Дата: Пятница, 05.07.2013, 23:25 | Сообщение # 14
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
Raxmat. Sog'inch bu she'rla hech kimga atalmagan, wunchaki qoralama. raxmat e'tiborila uchun.

Добавлено (05.07.2013, 22:22)
---------------------------------------------
Lekimiya kasalidan bevaqt hayotdan koz yumgan Zebo ismli qizaloq hotirasiga bag'ishlanadi.
__________________

Добавлено (05.07.2013, 22:25)
---------------------------------------------
Kechir Zebo seni asrab qololmadik,
Taningdagi dardingni biz ololmadik,
Sal kechga qolibmiz ulgurolmadik,
Kechir Zebo seni asrab qololmadik.
Boqiy dunyoga ketibsan-ku barvaqt,
Alloh o'zi seni jannati qilsin,
Muncha beshafqat bo'lmasa-ya bu vaqt,
Farishtalar senga parvona bo'lsin.
Sayyod qancha jon kuydurmasin sening,
Ketar chog'ing bo'lgan ekan-da afsus,
Bugun ko'zlarimizdan yosh tinmas bizning,
Dardingga davo yo'q ekan-da afsus...
Faxrli insonmiz deya kerildik,
Biz qon berdik, hayriya qildik,
Lek Alloh oldida ojiz ekanmiz,
Biz seni asrolmay dog'ingda qoldik.
Oilangga ta'ziyalar bildirdik,
Yig'lab. yig'lab, o'ksinib ham to'yolmadik,
Kechir, kechir, yordam berolmadik,
Kechir ZEBO seni asrab qololmadik...:'(

 
GiyosДата: Пятница, 05.07.2013, 23:36 | Сообщение # 15
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ha. Asrab qololmadik. Vaqti bitgan ekan. Duodamiz.
 
GiyosДата: Пятница, 05.07.2013, 23:36 | Сообщение # 16
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Rasmda, Zebo. 1 oy avvalgi sur'ati.
 
GiyosДата: Пятница, 05.07.2013, 23:39 | Сообщение # 17
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Endi bu qizaloq yo'q. Ishonish qiyin... Usha kuni derazadan konsertni kuzatib turgani hech ko'z oldimdan ketmayapti. Qo'lida kapilnitsa ulog'liq edi... Bolalikka to'ymagan bolalik.
 
Kamola_95Дата: Пятница, 05.07.2013, 23:41 | Сообщение # 18
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
Qareng chiroyliligini, man bu qiz tuzalib ketiwiga oxiriga4a iwonudm. owa kuni Jahongirakamla bn 2alamizani kunimiz wu qiz bilan otgandi. wungadr balki judda qattiq tasirlanib yig'lab, yig'lab yozdim bu she'rri.
 
SokinaДата: Суббота, 06.07.2013, 00:08 | Сообщение # 19
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Biz Allohdanmiz va unga qaytamiz...
O'lim haq. Allohim yaqinlariga va Zeboga mehr berganlarga chiroyli sabr bersin endi.
Murg'akkina qizcha ekan ,gunoh ham bitmagan.Allohim
Jannatlarda qanot bitib farishtaga aylantirsin,inshaAlloh.

Allohimning ne bir,ne bir ishlari bor-a...

Kamola,Alloh rozi bolsin sizdan ko'p kuyinmang singlim.

Добавлено (05.07.2013, 23:08)
---------------------------------------------
Bu dunyoga sinov uchun kelganmizda...Bu dunyo o'tkinchi va yolg'onchi...
Shunaqa chiroyli qilib yaratgan ekan-a.Ko'zlarini ma'yusligini qarang. Afsus, ming afsus...ko'z yoshlarimni tiyolmayapman.((((


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ShohiДата: Суббота, 06.07.2013, 00:41 | Сообщение # 20
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Menham maqolani o'qib yig'lab yubordim(( yonginamda turgandi 1 oy avval(( ko'zidagi mung o'wandayoq ko'rgan odamni yuragini ezardi. Zebooo, joying jannatdan bo'lsin(((

Добавлено (05.07.2013, 23:41)
---------------------------------------------
Bechora onasi qizi kansertga 4iqolmay termuliiib o'tirganidan rosa yig'lagandi((


Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
MirzoxidДата: Суббота, 06.07.2013, 01:26 | Сообщение # 21
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Ехх Бег`убор к,изалоге....
Жойи жаннатда бу'лсин


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LoadingДата: Пятница, 19.07.2013, 20:23 | Сообщение # 22
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Kamola_95,   Man ijodkorlarni tanliman. Vaqt va xoxish sababli. Lekin sizni ijod maxsullaringiz juda chiroyli. Imkon qadar tezroq o'qib chiqib mulohaza yuritamiz.
 

Добавлено (19.07.2013, 19:23)
---------------------------------------------
Ming bor kechirasiz ammo Yozmasam bo'lmadi. tasirlandim.
 
Zebo sening zeboliging Allohdan,
Zarxal rangda porlar edi ko'zlaring.
Zeb berganda umr degan bir nishon,
Zanglab qoldi ko'zngdagi xayajon.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
Kamola_95Дата: Среда, 24.07.2013, 13:46 | Сообщение # 23
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 6
Статус: Offline
Raxmat Fazliddinaka, sizzi etirofiz uchun man juda hursandman. etiboriz uchun raxmat.

Добавлено (24.07.2013, 12:46)
---------------------------------------------
Yengi ijod mahsulim.
____________________
Bahor gullaridek, mayin bu tuyg'u,
Ko'ngilda ajoyib, shirin bir og'u,
Aslo chekkim kelmas hech qanday qayg'u,
Bahor gullaridek sevilgim kelar.

Sariq atirgullar ifori misol,
Osmondan nafisgina kuladi hilol,
Hovlida o'tirib suraman hayol,
Sariq gullar kabi sevilgim kelar.

Yoz faslida yomg'ir juda yoqimli,
Shu yomg'ir ostida sevgi yuqimli,
Hayot buncha go'zal, buncha chiroyli?
Yoz yomg'iri kabi sevilgim kelar.

Alloh nasib etdi behbud bo'lishni,
Ota-onamlardan duo olishni,
Shunda ham istardim sevib qolishni,
Alloh sevganidek sevilgim kelar...

 
LoadingДата: Четверг, 25.07.2013, 06:39 | Сообщение # 24
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Maqqul maqul! Sevish va Sevilish nasib etsin. Hech bo'lmaganda sizni sevgiz beziyon bo'lsin! lol

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
hamzahokimДата: Суббота, 26.07.2014, 01:00 | Сообщение # 25
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 7
Репутация: 0
Статус: Offline
Ijodizga OMAD
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Mening ijodlarim (Kamola_95)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter