Пятница, 19.04.2024, 11:58
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

O'zbek xalq maqollari - Страница 2 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » MUTOLAA (Mashxur va qiziqarlilari) » O'zbek xalq maqollari (Maqolshunoslik)
O'zbek xalq maqollari
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:22 | Сообщение # 26
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
QADR-QIMMAT VA QADRSIZLIK
Avval — xesh, keyin — darvesh.
Ajragan ajriqqa zor.
Ajragan bir-birini izlar.
Aytgan yerdan qolma, Aytmagan yerga borma.
Aytilmagan yerga — yo'nilmagan tayoq.
Arava sinsa — o'tin, Ho'kiz o'lsa — go'sht.
Arzimaydi shavlasi, Kuydiradi g'alvasi.
Arzon beillat bo'lmas, Qimmat — behikmat.
Arzon oldim — armon oldim.
Arzonning sho'rvasi tatimas.
Arpa-bug'doy osh bo'lar, Oltin-kumush tosh bo'lar.
Asl parchaning bahosi bo'lmas, Ota-onaning — qarisi.
Baliq — oyda, kalla — yilda.
Baxmal bilan banotning ko'hnaligi bo'lmas, Ota bilan onaning — qariligi.
Baqa botqog'ini qo'msar, Baliq — ko'lini.
Baqiroq tuya — noring, Baqiroq ota — madoring.
Baqiroq tuyaning bori yaxshi, Baqirib turgani yana yaxshi.
Bedananing ham o'ziga yarasha botmoni bor.
Bemaza qovunning urug'i ko'p.
Bemor bemorning qadriga yetar.
Boylik murod emas, Yo'qlik uyat emas.
Bol ham bol, Bahosi ham bol.
Bolni bol deydi, Bolni tanigan yeydi.
Borar yerga kechikma, Bormas yerga ichikma.
Bosh — boshqa, bo'rk — boshqa.
Bosh ketdi, tana — hayron.
Boqmasang moling ketar, Xo'rlasang — xotining.
Bog'bon bo'lmay bilmas gulning qadiini, Ari boqmay bilmas bolning qadrini.
Bog'da bitgan gilosim, Otamdan qolgan merosim.
Bulbul uchgandan so'ng Oltin qafasni o't olsin.
Gavhar balchiqqa tushgan bilan Qimmati o'zgarmas.
Gavhar yerda yotmas.
Gavhar ko'p bo'lsa, qadri qolmas.
Gavhar qadrini ko'r bilmas.
Gugurt arzon bo'lsa ham, o'ti — qirnmat.
Gul qadrini bulbul bilar.
Gul g'unchaligida xordir, Ochilsa, o'zgalarga yordir.
Davlat ketgandan keyin O'zingni somonxonada ko'r.
Davlatingni sinasang, kunjut ek, Obro'yingni sinasang, ko'makka ayt.
Dam — g'animat, diydor — g'animat.
Dard chekmagan dori qadrini bilmas.
Dardlining dardini dardsiz na bilar.
Dunyo moli — qo'lning kiri.

Dunyo moli — qo'lning kiri.

Yer ovloq bo'lsa, to'ng'iz tepaga chiqar.

Yetim bo'lmay, ota qadrini bilmas.

Yetti yashar safardan kelsa,
Yetmish yashar ko'rgani kelar.
Yo er bo'l,
Yo ering xizmatida bo'l.

Yoli qalin eshakdan
Yag'ir bo'lsa ham ot yaxshi.

Qadr bilmas qarindoshdan
Yaqindagi yot yaxshi.

Yomonning o'zi nima-yu, so'zi nima.

Jafo chekmagan safo qadrini bilmas.

Jon-jon, o'zimning jonim.

Jon jonga kuyar,
Bejon kimga kuyar.
Zamona oxir bo'lsa,
Pir muridini izlar.
Zamona oxir bo'lsa,
Echkining oti — Abdukarim.

Zamonani xo'rladilar,
O'tib ketgach maqtadilar.
Zar qadrini zargar bilar,
Dur qadrini — savdogar.
Zar qadrini zargar bilar,
Chilangar neni bilar.
Zargar ishini misgar o'ng'ay sezar.

Zarrani qadr etmagan
Zarni ham qadr etmas.

Zimiston ko'rmagan bulbul
Guliston qadrini bilmas.
It izzatga arzimas,
Eshak — tarbiyaga.

It iskagan suvni yo'lbars ichmas.

Itdan bo'lgan qurbonlikka yaramas.

Itli mehmon ovulga sig'mas.

Itning ovqati — yuvindi.

Ich yog'i yog' o'rniga o'tmas.
lchkuyovdan it afzal.

Yo'l uzoq, ko'ngil yaqin.

Yo'rg'aning qadri yelganda bilinar,
Yaxshining qadri o'lganda bilinar.

Yo'qolgan bisot topilar,
Yo'qolgan baxt topilmas.

Yo'qolgan buzoqning arqoni — qimmat.

Yo'qolgan molning egasi — vali.

Yo'qolgan pichoqning sopi — oltin.

Yo'qotganingni yo'qlab topasan.
Karvonsiz yo'l xarob,
Oqsoqolsiz el xarob.
Kelishiga yarasha ketishi.

Kerakli molning bahosi yo'q.

Kerakli toshning og'iri yo'q.
Kimxob to'ning bo'lguncha,
Oltin beshiging omon bo'lsin.
Kichikni yosh dema,
Kesakni — tosh.
Ko'lda yurgan qo'ng'ir g'oz
Cho'l qadrini na bilsin.

Cho'lda yurgan tuvaloq
Ko'l qadrini na bilsin.

Ko'lmak suvning qadri yo'q.
Ko'ngil pulga topilmas.

Ko'rlikka ko'ngan xo'rlikka ko'nmas.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:23 | Сообщение # 27
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ko'tara sumbat — bir pulga qimmat.
Ko'chada qolgan suyakni qaysi it g'ajimas.
Maydonda sinalgan elda aziz.
Marvarid igna emas.
Mast keldi — past keldi.
Mastlik — pastlik.
Men — aziz, otam — mendan aziz.
Ming ignani yig'nasang, tugma bo'lmas, Ming ammani yig'nasang, ona bo'lmas.
Minnat yerda qolsa ham, Mehnat yerda qolmas.
Minnatli asaldan beminnat kasal yaxshi.
Minnatli tuyadan beminnat to'qli afzal.
Minnatli tilladan beminnat chaqa yaxshi.
Moy sasimas, qiz qarimas.
Mol-dunyo topilar, odam topilmas.
Mol topguncha, qadr top.
Moldan molning farqi bor, O'ttiz ikki narxi bor.
Moling ketsa-ketsin, qadring ketmasin.
Molingga achinma, qadringga achin.
Mulla bo'lding — tilla bo'lding.
Muqaddas joy bo'sh yotmas.
Nimani qilsang xor, O'shanga bo'lasan zor.
Noz qil bardoringga, Xarid qil xaridoringga.
Nozni ko'targanga qil.
Non bolasi — non ushoq.
Non bo'lsa bas,
O'zgasi havas.
Non qadrini och bilar, Kiyim qadrini — yalang'och.
Non qon bo'lsa, qon — jon.
Non ham non, ushog'i ham non.
Nonvoyga non aziz, Tegirmonchiga - un.
Nonga e'tibor — elga e'tibor.
Nonga hurmat — elga hurmat.
Ovloq ko'lda baqa — xon.
Odam bolasi — elning lolasi.
Odam bordir, odamlarning naqshidur, Odam bordir, hayvon undan yaxshidur.
Odam — odam bilan, Yer — suv bilan.
Odam odamga g'animat, Jon — gavdaga.
Odam — omonat, diydor — g'animat.
Odamning kuyugi bo'lguncha, O'rmonning kiyigi bo'l.
Oladigan mol oltin bo'lib ko'rinar.
Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q.
Olmos yerda qolmas.
Oltin — balchiqda ham oltin.
Oltin boshli xotindan Chelak boshli er yaxshi.
Oltin yerda qolmas, Yaxshilik — yo'lda.
Oltin yerda qolsa ham, Bilimli yo'lda qolmas.
Oltin yerda, hunar cho'lda qolmas.
Ona — olam faxridir.
Ona tilim — dono tilim.
Ot otdan qolsa, qulog'ini kesar.
Ot xo'rlagan toy minar, Toy xo'rlagan — tayoq.
Ot qadrini bilmagan yayov o'tar, Yor qadrini bilmagan — yesir.
Ot qadrini bilmasa, yayov ko'rar jazosin, El qadrini bilmasa, yovlar berar jazosin.
Ot qarisa, devonaga tushar.
Ota bo'lmay, ota qadrini bilmas, Ona bo'lmay, ona qadrini bilmas.
Ota-ona — davlating, Farzandlaring — savlating.
Ona-onang o'lsa-o'lsin, Qadrdoning o'lmasin.
Otangning mol-dunyosi bilan qolguncha, Onangning pilta-savati bilan qol.
Otini ayagan yo'lda qolmas, Elini siylagan — cho'lda.
Ochlik azobini chekmagan, Non qadrini bilmas.
Osh — avliyo, non — payg'ambar.
Osh har yerda bor, Kayvoni bir yerda bor.
Og'il to'la eshakdan Oriq bo'lsa ham ot yaxshi.
Og'riq qadrini sog' bilmas, Och qadrini — to'q.
Og'riqsiz bosh yer ostida kerak.
Puli borning nozi bor.
Pulni odam topar, Odamni pul emas.
Sepli kelib kerildim, Sepsiz kelib sidrildim.
Somon-u xashakning bozori bor, Lola-yu gulning xaridori bor.
Sonda bor, sanoqda yo'q.
Sog' sog'ning qadriga yetmas.
Sulton suyagini xo'rlamas.
Sutsiz sigir — siysiz sigir.
So'z qadrini bilmagan o'z qadrini bilmas.
So'zi o'lganning o'zi o'lar.
So'zing qaytar joydan o'zing qayt.
Talabing bo'lmasa-da, talabgoring bo'lsin.
Tashlaganga tosh tegmas.
Tez kelgan davlatning qadri yo'q.
Tezakchining tengi bor, O'roqchining o'rni bor.
Teshik munchoq yerda qolmas, Yerda qolsa, kirnlar olmas.
Tirigiga kuyguncha, o'ligiga kuy.
Tirigini siylagan biy bo'lar, O'ligini siylagan boy bo'lar.
Tirik ilon insiz qolmas, Po'lat pichoq — qinsiz.
Toshdan toshning farqi bor, La'1-yoqutning narxi bor.
Tulkining o'zi emas, terisi pul.
Uvol bilmasning uvoli yo'q.
Umr qarzga berilmas, Oltinga sotilmas.
Ustoz — otangdan ulug'.
Fil o'lsa ham, tishi o'lmaydi.
Xo'rlik o'limdan yomon.
O'zbek xalq maqollari Chaqirilgan yerning uzog'i yo'q.
Chaqirmasa, boruv yo'q, Chaqirilsa, qoluv yo'q.
Chiroq ko'targan to'dadan orqada yunnas.
Shoqolga yem bo'lguncha, Bo'rining og'ziga tush.
Shoh-gadoning farqi yo'q, Inson — ulug', narxi yo'q.
Egasi urgan it kechasi sanqir.
El olmasa ellik yil yotar.
El siylagan eshikda o'tirmas.
El qadrini bilmagan, O'z qadrini bilmas.
El qadrini el bilar, Suv qadrini — yer.
El qadrini er bilar, O'rmon qadrini sher bilar.
El qaramasa, er qaramas.
Elda obro'ying bo'lsa, Yo'lda yuking qolmas.
Er aytilgan joyda aziz.
Er yigitni el suyar.
Er yigitning so'zi o'lguncha, O'zi o'lgani yaxshi.
Er tilagan yerda aziz.
Er elida aziz, Gul — yerida.
Er qadrini og'asi emas, el bilar.
Er qadrini er bilar, Er bilmasa, el bilar.
Erlik ko'rsatganni el unutmas.
Eski choponni it qopar.
Eski shoyi eshakka ham to'qim bo'lmas.
Echki egasiga qo'ton yo'q.
Echkining boshi bo'lguncha, Qo'yning quyrug'i bo'l.
Yuk ko'targan yuzaga chiqar.
Yuk ko'targanning yuzi — yorug'.
Yaxshilik — yog'och boshida, Yomonlik — oyoq ostida.
O'z qadrini bilmagan, O'zga qadrini na bilsin.
O'zi yo'qning ko'zi yo'q.
O'zing topmagan molning qadri yo'q.
Uyida hazi yo'qning Tuzda salobati yo'q.
O'ligida azasi yo'q, Tirigida — mazasi.
O'lik bo'lib go'rda yo'q, Tirik bo'lib to'rda yo'q.
O'lik bo'rini it tishlamas.
O'tin ayirgan bolta maydonda qolar.
Qadr-qimmat sotilmas.
Qadr qomatga qaramas.
Qadrdon — qirq yillik, Qimmatdon — qirq kunlik.
Qadring qochgan joydan qoch.
Qadringga yetganni bil, Qadrlabdi, hurmat qil.
Qadrlasang qadring oshar, Qadrsizdan hamma qochar.
Qaytgan so'zning qadri yo'q.
Qamish bosh ko'tardi — bo'yro bo'ldi.
Tuproq bosh ko'tardi — to'tiyo bo'ldi.
Qarshining arpasini yegan eshak, Samarqanddan hangrab kelar.
Qarg'a qafasda boqilmas.
Qatorda noring bo'lsa, Yuking yerda qolmaydi.
Qiz qalini — qirq yilda.
Qiz qalinsiz bo'lsa ham, Qa'dasiz bo'lmas.
Qizi borning nozi bor, O'g'li borning — o'rni.
Qizni so'raganga ber, Qimizni — suvsaganga.
Qopning gardi ketsa-ketsin, Odamning burdi ketmasin.
Qornimga yig'lamayman, Qadrimga yig'layman.
Qulonga qoqning qadri o'tar.
Qumdan qo'rg'on bo'lmas, Kuyovdan — o'g'il.
Qo'ldagi oltinning qadri yo'q.
G'arib bo'lmay, bilmas elning qadrini, Mehnat qilmay, bilmas pulning qadrini.
Har narsa o'z yerida qadrli.
Har narsa o'z yerida qadrsiz.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:23 | Сообщение # 28
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
MUHABBAT VA BEVAFOLIK
Ayriliq o'limdan qattiq.
Bevafo do'stdan tayoq yaxshi,
Bebahra guldan — yaproq.
Bevafo yor — joningga dor.
Bevafo yordan vafodor it yaxshi.

Bevafo yordan osilgan dor yaxshi.

Bevafoda hayo yo'q,
Hayosizda riyo yo'q.

Bevafoning asli ko'ngli begona,
Bevafoga ko'ngil qo'ygan devona.

Bildingki, bevafodir,
Ko'ngil qo'ymoq xatodir.
Bir etikka ikki oyoq sig'mas,
Bir yurakka — ikki muhabbat.
Birga vafo — mingga vafo.
Birov parini sevibdi,
Birov — qurbaqani.

Vafo qilgan vafo topar,
Jafo qilgan jafo topar.
Vafoli qul — jafoli qul.
Vafosizga berilma,
Vafolidan ayrilma.

Vafosizda hayo yo'q,
Hayosizda vafo yo'q.

Va'da — vafosi bilan go'zal.
Va'daga — vafo,
Vafosizga — jafo.

Gul — bahona, diydor — g'animat.

Gul — hayot bezagi,
Sevgi — inson bezagi.

Gulga boq, tikanni ko'r,
Yorga boq, jafoni ko'r.

Gulsiz bulbul — yorsiz bulbul.
Davosiz dard — muhabbat.
Dardi yo'q — kesak,
Ishqi yo'q — eshak.
Yolg'izlikda yor yaxshi.
Yorim bor deb yorilma,
Haqiqiy yor bo'lmasa.

Yoshlikda bergan ko'ngil,
Ayrilmas balo bo'lur.

Ikki yorning urushgani — o'ynashgani.

Ikki pichoq bir qinga sig'mas,
Ikki sevgi — bir ko'ngilga.

Ikki suyuk bir ko'ngilga sig'mas.
Inson bo'lsang vafo qil,
Vafosizlik — xato, bil.
Inson sevgi bilan tirik.
Intizorlik o'limdan yomon.

Ip kiysa ham vafodor bo'lsin.

It — vafo, xotin — jafo.
Ishq bilan o'ynashib bo'lmas.
Ishq boshqa, havas boshqa.

Ishq — muqaddas o't,
Havas — loyqa suv.

Ishqi bor o'ynar,
Dardi bor yig'lar.
Ishqi borning imoni bor.

Ishqsiz ko'ngil — egasiz uy.

Ishqsiz ko'ngil — o'tsiz o'choq.

Kuygan o'lanchi bo'lar,
Suygan — laparchi.

Ko'z qarisa ham, ko'ngil qarimas.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:23 | Сообщение # 29
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ko'ngil gulini sevgi suvi sug'orar.
Ko'ngil ko'ngildan suv ichar.
Ma'shuq qayda bo'lsa, Oshiq shunda bo'lar.
Muhabbat — bir so'z, ma'nosi — dunyo.
Muhabbat — bitta, ko'z — to'rtta.
Muhabbat boylikka boqmas.
Muhabbat — dil mevasi.
Muhabbat yosh tanlamas.
Muhabbat ketsa, nafrat kelar.
Muhabbat muhabbatni tug'dirar.
Muhabbat — uy poydevori, Vafo — ustuni.
Muhabbat chiroy tanlamas, Uyqu — joy.
Muhabbat husn tanlamas, Uyqu — o'rin.
Muhabbatning ko'zi — ko'r.
Muhabbatsiz umr — o't olmas ko'mir.
Oltin zanglamas, Sevgi qarimas.
Ochlik osh tanlatmas, Oshiqlik yosh tanlatmas.
Oshiq bilan o'ynasang, Oshig'ingga o't tushar.
Ma'shuq bilan o'ynasang, Qoshingda tutlar pishar.
Parvona — o'z oshig'ining qurboni.
Po'lat olovda, sevgi hijronda sinalar.
Rashkning ko'zi — ko'r.
Sevgan bilan qo'shilish — Dutorga tor taqqanday.
Sevmagan bilan qo'shilish — Zaharli ilon chaqqanday.
Sevgan sevganini deydi, Sevmagan kimni deydi.
Sevganga — sultonsan, Sevmaganga — ultonsan.
Sevganing — oltindan aziz.
Sevganingga sevgingni ber, Istaganga — etingni.
Sevgi bozorda sotilmas.
Sevgi — bir, makon — ikki.
Sevgi degan ikki ko'zda.
Sevgi yordamchi tilamas.
Sevgi pulga sotilmas, Ko'ngil pulga topilmas.
Sevgi qarimas, asl chirimas.
Sevgida zorlik bor, Zo'rlik yo'q.
Sevging oz — umring oz, Sevging soz — umring soz.
Sevging toza — umring toza.
Sevgining aslini bulbuldan so'ra, GuLzor qadrini — guldan.
Sevgining bahori bilan shodlanma, Yoz-u qishi ham bordir.
Sevgining ko'zi ayb ko'rmas.
Sevgisiz ko'ngil — vayrona.
Sevdim deb maqtanma, Sevildim deb maqtan.
Sevimsiz yordan kezimlik ot a'lo.
Sevikli qul sekirar.
Sinadingmi — sev,
Sinamadingmi — qo'y.
Sinalgan sevgi bukilmas, Bukilsa ham so'kilmas.
Sof sevgi sotilmas, Yo kesakdek otilmas.
Soxta oshiq ishq-sevgidan lof urar,
Oy o'tmasdan musht o'qtalib, do'q urar.
Sochingni kunda tara, Yoringga kunda qara.
Suvsiz hayot bo'lmas, Vafosiz — oila.
Suygan yordan ko'z ketmas.
Suyganimning ko'ngli uchun Suymasimni suyarman.
Suyganimning ko'ngli uchun Suymas oshni icharman.
Suymaganga suykanma.
Suluv bo'lgan bilan yor bo'la olmas, Tuya bo'lgan bilan nor bo'la olmas.
Tog' tog' bilan qovushmas, Odam odam bilan qovushar.
Tog'ning ko'rki qor bilan, Erning ko'rki yor bilan.
Tutunsiz o't bo'lmas, Yorsiz — yigit.
To'y o'pkasiz bo'lmas, Yor — firoqsiz.
To'g'ri gapning ajjisi yo'q, Bevafoning — sujjisi.
Chin sevgining till bo'lmas.
Chiroying borida chinoringni top.
Chiroyli chiroyli emas, Suyganing — chiroyli.
Er sevmasa, el sevmas.
Yurak yurakka darak berar.
Yurt sevganni qiz sevar.
Yaxshi yor yoddan chiqmas.
O'z suyganing o'zingga suluv.
O'zi kelgan yor-yor, O'zi ketar yor-yor.
O'ntaning yor-yori bo'lguncha, Bittaning vafodori bo'l.
O'choqdagi o't boshqa, Yurakdagi o't boshqa.
Qalbga qarimoq yo'q, Sevgiga — o'lim.
Qarz — muhabbatning qaychisi.
Qizil gul ekkanning xirmom bo'lmas, Yaxshini suyganning armoni bo'lmas.
Qizing kimni suysa, kuyoving shu.
Qizni kim sevmas, Qimizni kim ichmas.
Qizni oshig'iga ber.
Qizni tanlaganga ber.
Qimiz kimniki — ichganniki, Qiz kimniki — suyganniki.
Qolgan ko'ngil — chiqqan jon.
Qush uchadi qanoti bilan, Yigit yashaydi vafosi bilan.
Hamma dardga bor davo, Oshiqlik dardi — bedavo.
Har kim beyordir — bemordir.
Har dilning sevgisi bor.
Har kim suygan oshini ichar.
Har kim — suyganining quli.
Har kimniki o'ziga Oy ko'rinar ko'ziga.
Har oshiqqa besh kun davr.
Haqiqiy oshiqlik — ikki yoqdan.
Husn to'yda kerak, Muhabbat — kunda.
Ho'kiz ho'pda semirar, Qiz — quchoqda.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:23 | Сообщение # 30
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
OILA VA QOSHNICHILIK
Avliyo ham qo'shnisini qo'llar.
Ayolning sarishtasi — Ro'zg'orning farishtasi.
Ayolning sunbuli — yigitning dili.
Beva xotinga Buxorodan it hurar.
Besh bola ustiga borsang bor, Kundosh ustiga borma.
Bir kelin oldim, o'tirdim, Ikki kelin oldim, tik turdim, Uch kelin oldim, yugurdim.
Bir qizga yetti qo'shni — ota-ona.
Bir qinga ikki pichoq sig'mas, Bir uyga — ikki xotin.
Biyaning yugurigi yaxshi, Xotinning — epchili.
Boy amr etmasa, Bovcha xamir etmas.
Bola suysang — beshikda, Xotin suysang — to'shakda.
Bolaga tegma, balosi chiqar, Xotinga tegma, qasosi chiqar.
Bolali uy — bozor, Bolasiz uy — mozor.
Bolali uy — jannat, Bolasiz uy — minnat.
Bolali uy — xandon, Bolasiz uy — zindon.
Bolali uyda gap yotmas.
Bolali uyda janjal bo'lsa ham, G'urbat bo'lmas.
Bolali uyda sir yotmas.
Bolali uyda o'g'rilik yo'q.
Bolali uyda g'iybat yo'q.
Bolali uyda g'urbat yo'q.
Bosh ikkov bo'lmay, Mol ikkov bo'lmas.
Boshim ikki — molim ikki.
Bo'z yaktak qichitar, Yaxshi xotin tinchitar.
Bo'ldiradigan ham xotin, O'ldiradigan ham xotin.
Bo'ri hamsoyasiga ola qaramas.
Gilam sotsang, qo'shningga sot, Bir chetida o'zing o'tirasan.
Do'sting ham — ering, Dushmaning ham — ering.
Er — quyosh yo'ldoshi, Xotin — umr yo'ldoshi.
Ering qumchalish bo'lsin, Xotining — g'archalish.
Yomon xotin olganning yovi uyida, Ikki xotin olganning dovi uyida.
Yomon xotin eriga do'zax qilar.
Yomon xotin o'lsa, keng to'shak qolar, Yaxshi xotin o'lsa, mehnat-g'am qolar.
Yomon xotin hayitda eridan chiqar.
Yomon xotinning o'ynashi ko'p.
Yomon qo'shni yovdan yomon.
Yon qo'shni — jon qo'shni.
Yog'mas bulut elni aldar, Yomon xotin — erni.
Jon kuydirmasang, jonona qayda, Xotin olmasang, qaynona qayda.
Ikki sigir olganning ayroni bor, Ikki xotin olganning vayroni bor.
Ikki xotin olibsan,
Bir baloga qolibsan.
Ikki xotinlikning qulog'i tinmas, Eshak minganning — oyog'i.
Inoq oilada beshik bo'shamas.
Itning yovi — devona, Kelinning yovi — qaynona.
Itning yomoni to'shakdagidan umid qilar.
Yigitning ko'ngli qolsa — o'lguncha, Xotinning ko'ngli qolsa — tuqquncha.
Katta — kelin uyda, Kichik kelin — to'yda.
Kelin bilan qaynona — o't bilan suv.
Kelin bo'yini yashirar, Tovushini tovdan oshirar.
Kelin bo'ldim — qaynonamga yoqmadim, Qaynona bo'ldim — kelinimga yoqmadim.
Kelin yomon emas, Kelin kelgan yer yomon.
Kelin kelag'on bo'ldi, Ovul kezag'on bo'ldi.
Kelin kelsa uzoqdan, Arba-arba osh kelar. Kelin kelsa yaqindan, Arba-arba so'z kelar.
Kelin kimxob kiyar, Qaynona qarg'ab kuyar.
Kelin kirgan uyga nur kirar.
Kelin — qaynona supurgisi.
Kelinim bor deb kerilma, Ish buyursa, erinma.
Kelinim elakli bo'ldi, Elagi — tilakli bo'ldi.
Kelinimning yig'lagani — Eshagimning hangragani.
Kelining bitta bo'lsa, o'tirib yeysan,
Ikkita bo'lsa, turib yeysan, Uchta bo'lsa, yurib yeysan, To'rtta bo'lsa, yo'rg'alab yeysan.
Kelining yaxshi bo'lsa, berdi xudo, Kelining yomon bo'lsa, urdi xudo.
Kelining qayerlik bo'lsa, Mehmoning shu yerlik.
Kelinning tili yo'q Qaynonaning — imoni.
Kumush xotin kunda — kasal, Oltin xotin oyda — kasal.
Kunda urush bo'lsin desang, kundosh qil.
Kundosh boshingda — tosh, ko'zingda — yosh.
Kundosh xotin kunda og'riq.
Kundoshing bo'lsa-bo'lsin, Kundoshbachchang bo'lmasin.
Kundoshli uyda kunda urush.
Kundoshli uyda to'zim yo'q.
Kundoshlik — ko'ngil g'ashlik.
Kundoshlikka kun tug'mas, Tug'sa ham, butun tug'mas.
Kundoshning kuli ham kundosh.
Kundoshning kuli ham urishar.
Kundoshning oti qursin, Saksovulning o'ti qursin.
Ko'cha sevgisi uyni barbod etar.
Ovul aylog'i balan, Bo'ta taylog'i bilan.
Ovulga aytsang, oshar, Qo'shniga aytsang, qo'shar.
Ovuldoshimning oti o'zguncha, Hamsoyamning toyi o'zsin.
Oila tinch — yurt tinch.
Oila — qo'sh ustunli ayvon.
Olis yo'l otni sinar, Og'ir kun — xotinni.
Olovga tegsang, o'char, Qo'shningga tegsang, ko'char.
Onalik uyning ori bor, Otalik uyning — zari.
Onang o'ldi — otang o'ldi.
Oppoq bo'lgan oq uyim, Osh-noni yo'q qoq uyim.
Ora turding — bera turding.
Ota — aql, ona — idrok.
Ota — bilak, ona — yurak.
Osh o'rniga — ayron, Kundoshli uy — vayron.
Oshsiz uy bor-u janjalsiz uy yo'q.
Oya kuydi, moya kuydi, O'rtada hamsoya kuydi.
Oqboshdan o'tin bo'lmas, O'ynashdan — xotin.
Ro'zg'or ziynati — o'tin, Uy ziynati — xotin.
Ro'zg'or tushdi boshga, Qo'l tegmadi oshga.
Ro'zg'or o'lchov bilan, Boylik tejov bilan.
Ro'zg'or, o'ttiz ikki og'zi bor.
Ro'zg'or — g'or.
Ro'zg'ori kattaning tashvishi ham katta. Ro'zg'orning nimasi yo'q — bo'zdan xaltasi. Sarishtali uy — farishtali uy. Tuzdagi bilan emas, uydagi bilan bo'l.
Uyga jihoz yarashar, Xotinga — hbos.
Uying tor bo'lsa, Dunyoning kengligi bilinmas.
Uylangan — o'g'il-qiziga quvongan.
Uyni uy qilgan erning topishi-yu Xotinning — ko'rpa ishi.
Ulug' uyga ne kerak, Kichik uyga shu kerak.
Umr savdosi — qiyin savdo.
Xotin — bo'yin, er — bosh.
Xotin olsang, o'tin ol, Bir quchog'in ortiq ol.
Xotin — uy bezakchisi, Er — uy ko'makchisi.
Xotin — uyning ziynati, Er — mehnati.
Xotin — uyning chirog'i.
Xotin — umr yo'ldoshi.
Xotin er orqasidan — xotin, Xonim xon orqasidan — xonim.
Xotin — erga oyina.
Xotin — erning vaziri.
Xotin yaxshi — er yaxshi.
Xotining yaxshi bo'lsa, yoqang oqarar, Xotining yomon bo'lsa, soqoling oqarar.
Xotining yaxshi bo'lsa, to'yga bormoq ne hojat, Xotining yomon bo'lsa, azaga bormoq ne hojat.
Xotinli ro'zg'or guldir, Xotinsiz ro'zg'or cho'ldir.
Xotinning yomoni — umrning egovi.
Xotinning yomoni er qaritar.
Xotinning yomoni — erning zavoli, Xotinning yaxshisi — erning kamoli.
Xotinning zo'ri — erning sho'ri.
Xotinning otini yetim chiqarar, Yetimning otini — xotin.
Xotinning chiroyi — erdan.
Xotinning yaxshi-yomoni mehmon kelganda bilinar.
Xotinning qaqildog'i — tegirmonning shaqildog'i.
Xotinsiz uyni ko'r — qaro yerni ko'r.
Chala dovruqqa chol yiqilar, Xotinni so'ksang, obro' to'kilar.
Cholimning topganini yayrab yeyman.
O'g'limning topganini ingrab yeyman.
Egovni egov dema, yomon xotinni de.
Er — avra, xotin — astar.
Er vaziri — xotin, Ro'zg'or og'iri — o'tin.
Er — daladan, xotin — uydan.
Er-xotin urishar, Esi ketgan bo'lishar.
Er-xotin urishar, O'rtaga ahmoq tushar.
Er-xotin — qo'sh ho'kiz. Er-xotin — qo'shqanot.
Er-xotinning urishi — doka ro'molning qurishi.
Er-xotinning urishi — yoz kunining yog'ishi.
Er qayerda bo'lsa, xotin ham shu yerda.
Erdan — sadoqat, xotindan — itoat.
Erdan — xato, xotindan — uzr, Xotindan — xato, erdan — jazo.
Ering suydi — eling suydi.
Eringga yoqding — elingga yoqding.
Erni er qiladigan ham xotin, Qaro yer qiladigan ham xotin.
Erniki — tashdan, xotinniki — ichdan.
Erning yoshi ikki o'ttiz, Bittasini urdik biz.
Erning otini xotin chiqarar, Xotinning otini o'tin chiqarar.
Erning topganiga xotinniki qo'r bo'lar.
Er-u xotin urushar, O'rtaga nodon tushar.
Eshik ko'rgan yurt buzar, Beshik ko'rgan yurt tuzar.
Eshik ko'rganni emas, Beshik ko'rganni ol.
Yuguruk otga yol bitmas, Toq yigitga mol bitmas.
Yangamning sho'rvasini shirin qilgan Akamning masallig'i.
Yaxshi bo'lsang, noming chiqar, Yomon bo'lsang — xotining.
Yaxshi kelin — kelin, Yomon kelin — o'lim.
Yaxshi ko'rsang bolasin, Izzat qilgin onasin.
Yaxshi otga qamchi ursang, Chopar avaylab.
Yomon xotin ishin qilar Hamisha poylab.
Yaxshi ro'zg'or — jannat, Yomon ro'zg'or — do'zax.
Yaxshi to'n — to'y savlati, Yaxshi xotin — uy ziynati.
Yaxshi xotin arpa unni kabob qilar, Yomon xotin bug'doy unni xarob qilar.
Yaxshi xotin belgisi — Buxori qilar terini, Mullo qilar erini.
Yomon xotin belgisi — Shaldiroq qilar terini, Baqiroq qilar erini.
Yaxshi xotin belgisi — xirom qilar terini, Yomon xotin belgisi — yerga bukar erini.
Yaxshi xotin — betidan semirar, Yomon xotin — ketidan.
Yaxshi xotin jun qarz olar, Yomon xotin un qarz olar.
Yaxshi xotin ishlik bo'lar, Yomon xotin — tishlik.
Yaxshi xotin yigit nomin ko'tarar, Yomon xotin yigit nomin yo'qotar.
Yaxshi xotin yo'q narsangni bor etar, Yomon xotin keng uyingni tor etar.
Yaxshi xotin yo'qni yo'mzab to'ydirar, Yomon xotin yolg'iz otni so'ydirar.
Yaxshi xotin kelmasdan burun kuldirar, Yomon xotin o'hnasdan burun o'ldirar.
Yaxshi xotin ko'pga qo'shar, Yomon xotin ko'pdan chiqarar.
Yaxshi xotin olib bersang yigitga, Ming kuni bir kun bo'lib o'tar.
Yomon xotin olib bersang yigitga, Bir kuni ming kun bo'lib o'tar.
Yaxshi xotin — uy bo'stoni, Yomon xotin — zimistoni.
Yaxshi xotin — uy ziynati, Yomon xotin — to'y ziynati.
Yaxshi xotin — uyning guli.
Yaxshi xotin — umr boli, Yomon xotin — jon zavoli.
Yaxshi xotin — xazina.
Yaxshi xotin erini elga bosh qilur, Yomon xotin erini gado qilur.
Yaxshi xotin erini yashartirar, Yomon xotin erini tez qaritar.
Yaxshi xotin erta turib charx yigirar, Yomon xotin erta turib o'choq kavlar.
Yaxshi xotin yuzida oy ko'rinar, Yomon xotin qovog'idan qor yog'ilar.
Yaxshi xotin — yarim rizq.
Yaxshi xotin — hamisha bahor.
Yaxshi qo'shni — ota-ona, Yomon qo'shni — boshga balo.
Yaxshi qo'shni uzoq qarindoshdan yaxshi.
Yaxshi qo'shniga yalinguncha, Yomon uyingni axtar.
Yaxshi hamsoya guldir, Yomon hamsoya cho'ldir.
Yaxshi hamsoya orasidan Qisir echkining qili o'tmas.
Yaxshining ketidan qolma, Yomonning qizini olma.
O'z uyim — o'lan-to'shagim.
O'z uyimning xushligi — Oyoq-qo'limning bo'shligi.
O'zim hisoblasam, qulunli biya, Otam bilan hisoblasam, bo'tali biya.
O'zing suyganni olguncha, O'zingni suyganni ol.
O'zing o'yda bo'lsang ham, o'ying uyingda bo'lsin.
O'nta o'g'lim bo'lguncha, bitta cholim bo'lsin.
O'nqir edi, cho'nqir edi — uyim edi, Ayiq edi, sayiq edi — erim edi.
O'rgimchak ham o'z uyim deydi.
O'roq tutib otang qolguncha,
O'ymoq tutib enang qolsin.
O'rta yo'lda oting o'lmasin, O'rta yoshda — xotining.
O'tinning yaxshisi — yantoq, Xotinning yaxshisi — qalmoq.
O'tinsiz qozon qaynamas, Xotinsiz uy yayramas.
O'g'limning ilik oshidan Erimning urgan toshi yaxshi.
O'g'ling ahmoq bo'lsa ham, Kelining dono bo'lsin.
O'g'ling boqsin, kelining sog'sin.
O'g'ling yomon bo'lsa, keliningdan ko'r, Qizing yomon bo'lsa, kuyovingdan ko'r.
Qaynona qaynaydi, Kelin aynaydi.
Qaynona qo'lidan yog'lik cho'zma yegandan Ona qo'lidan quloq cho'zma yegan yaxshi.
Qaynonaga tosh otsang, tosh olasan, Qaynonaga osh bersang, osh olasan.
Qaynonam — qaynonam, Qayin egachimdan qo'rqaman.
Qaynota ham — ota, qaynona ham — ona.
Qalmoq olgan qarimas, Arg'umoq mingan horimas.
Qiyomat kuni — qo'shnidan.
Qiz olmagan yigit qizdan suluv.
Qizginamning bolasi — Qandak o'rik donasi. O'g'ilginamning bolasi — Hay-hay uning onasi.
Qiziga joni achigan kelinini saqlar.
Qizim senga aytaman, Kelinim sen eshit.
Qizimning qaynonasi yomon,
O'zimning kelinim yomon.
Qizing bo'y yetsa, qizi yaxshi bilan qo'shni bo'l, O'g'ling er yetsa, o'g'li yaxshi bilan qo'shni bo'l.
Qozon olsang, qoqib ol, Xotin olsang, boqib ol.
Qozonda jiz-biz, Ko'rpada siz-biz.
Qora tutni qoqmang, Nevarani boqmang.
Qorong'ida qichqirsang, Hamsoyang tovush berar.
Qudali xotin quyruq yer, Erli xotin — kaltak.
Qudangdan qarz so'rama.
Qudangdan qo'y so'rama, Qo'shningdan uy so'rama.
Qurbaqaning tirikligi koi bilan, Xotinning tirikligi el bilan.
Qo'shni devor tagini kavlasang, O'zingga darcha ochilar.
Qo'shni keldi — ko'mak keldi, Et keldi — suyak keldi.
Qo'shni oshi — qo'shniga qarz.
Qo'shni qo'shnidan erta turishni o'rganar.
Qo'shni — qo'shnining bozori.
Qo'shniga qarama, o'ngishiga qara.
Qo'shniga qasd etma, bast et.
Qo'shniga qo'shnining tovug'i ko'rkli ko'rinar.
Qo'shnida pishar, Bizga ham tushar.
Qo'shnimning bilgani — hammaning bilgani.
Qo'shning yomon bo'lsa, yomonlik kelar, Qo'shning yaxshi bo'lsa — omonlik.
Qo'shning ko'r bo'lsa, ko'zingni qis.
Qo'shning yaxshi bo'lsa, ko'r qizing ham erga tegar.
Qo'shningga yomonlik sog'inma.
Qo'shningni yanima, kinoya so'z dog' etar, Qurbing yetsa ko'maklash, eshigingni bog' etar.
Qo'shnining minnatli oshidan Chumchuqning soyasi afzal.
Qo'shnining oshi — totli.
Qo'shnining oshi — g'avg'oning boshi.
Qo'shnining tovug'i g'oz ko'rinar, Kelinchagi — qiz.
Qo'shnisi yaxshi qarimas.
G'oz achchig'i — qarg'aga, Qiz achchig'i — yangaga.
Har kim o'z uyida podsho.
Hovli olma, qo'shni ol.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:24 | Сообщение # 31
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
QARINDOSH-URUG CHILIK VA BEGONALIK
Basharam — shajaram.
Begona bilan quyon ovlama, Ovlasang ham, yoningga boylama.
Begona — sangi devona.
Begona so'z beradi, bo'z bermaydi.
Begonaning dang'illama saroyidan O'zingning kulbayi vayronang yaxshi.
Begonaning oti o'zguncha, Ovuldoshingning toyi o'zsin.
Bemehr qarindoshdan Mehr bilgan yot yaxshi.
Besh barmoqning birini tishlasang, bari og'rir.
Bir ko'rgan — tanish, Ikki ko'rgan — oshna, Uch ko'rgan — qarindosh.
Bir tog'a yetti ota o'rniga o'tar.
Bir — tug'ishgandan, bir — tutingandan.
Boja bojaga bo'z bermaydi, so'z beradi.
Boja bojani ko'rsa, ayj olar.
Boldiz boldan shirin.
Borsang — qarindosh, Bormasang — begona.
Bosh yorilsa — bo'rk ichida, Qo'l sinsa — yeng ichida.
Bo'ladan qarindosh bo'lmas.
Go'ja tuysang, mayda tuy, Qaynotangning tishi yo'q.
Qayga borsang, shunda bor, Qaynonangning ishi yo'q.
Do'st safarda bilinar, Og'a-ini — kulfatda.
Yeb-ichganda yot yaxshi,
Qayg'u kunda — qarindosh.
Yetti bojani bir bo'ri yer.
Yolg'izlikda yor yaxshi, Munglashganda — qarindosh.
Yomon qarindoshga yalinguncha, Qora qozoningga yalin.
Yordami yo'q qarindoshdan Yetti yot begona yaxshi.
Yot — yeguncha, qarindosh — o'lguncha.
Yot yoqadan olar, It — etakdan.
Yot otgan toshdan jigar otgan uvada qattiq tegar.
Yot seni yotqizar, G'am-kuifatga botqizar.
Yot uyida yotiq bo'l.
Yotga yalinguncha, Yon-veringga yalin.
Yotga yaqinlashma, Eling bilan yovlashma.
Yotdan yomon kelmasin, O'zingdan yomon chiqmasin.
Yotniki yondan o'tar, O'zingniki — jondan.
Yotning yonida yog'i yo'q.
Yog' yeganda yot yaxshi, Qon yutganda — qarindosh.
Yog'ochning ponasi o'zidan.
Jar yo'l bo'lmas, Begona — el.
Jigar — jigar, digar — digar.
Jiyan eshikdan kirsa, Yetti bo'ri teshikdan kirar.
Jon tortmasa, qon tortar.
Jon qarindosh mol qarindosh emas.
Joni boshqaning tani boshqa.
Inisi borning irisi bor.
It qilig'ini egasi bilar, Jiyan qilig'ini — tog'asi.
Kasal oshdan, Davo — qarindoshdan.
Kelsa xotin urug'i, Topiladi yo'rig'i.
Kelsa erning urug'i, Bo'lar yurak burug'i.
Kishining bolasiga kishmish bersang ham turmas.
Kuzgi oftobga qizingni qo'y, Yozgi oftobga keliningni qo'y.
Manglayingga uradigan toshing ham o'zingdan bo'lsin.
Ovsin-ajin yig'ilsa, Ajina bazmi qurilar.
Ovsinim — ajinim, Ko'rganda kelar g'ijinim.
Ovsinlar inoq bo'lsa, Og'a-inilar chinoq bo'lmas.
Oziqli ot horimas, Qarindoshli qarimas.
Oltmish kulon ot bo'lmas, Tug'ishganing yot bo'lmas.
Onangni kaftingda tutsang, Singlingni boshingda tut.
Onangni sirtda saqlasang, Singlingni kaftda saqla.
Ota-bola — bir bog', Biri — gul, biri — bog'bon.
Ota-bola urishar, Og'a-ini yuhshar.
Ota — xazina, aka-uka — tayanch,
Do'st esa — har ikkovi.
Otadoshim, otga min, Otasi boshqa, otdan tush.
Otangni sog'insang, tog'angni ko'r.
Otga ayil botganin Egar bilmas, ot bilar.
Og'a-inining ozganin O'zlari emas, yot bilar.
Oshnachilik — bir yilchilik, Qudachilik — ming yilchilik.
Og'a-ini arazli bo'lsa ham, G'arazli bo'lmas.
Sigirning shoxiga ursang, Sug'urning tanasi titrar.
Sigirning shoxiga ursang, tuyog'i zirqirar. Singan qo'lning og'irligi bo'yinga tushar.
Sopol chinni bo'lmas, Begona — ini.
Terak tomiriga tayanar, Odam — tug'ishganlariga.
Tirnoqni etdan ayirib bo'lmas.
Tol yog'och madang bo'lmas, Begona dadang bo'lmas.
Tutingan tug'ishgandek bo'lmas.
Tutuni boshqaning to'shagi boshqa.
Tuxumi birning bari bir.
Tuqqan jigarning ozori bor, bezori yo'q.
Tuqqan tuqqan bilan topishar,
Yotga balo yopishar.
Tug'ishgan omonlikda emas, Yomonlikda bilinar.
Tug'ishmagan topishmas.
Tug'ishmaganning tubi tosh.
To'ng ayirgan moy yer, Qarindosh ayirgan loy yer.
To'yar oshni ko'z taniydi, Oshnani — ko'ngil.
Uzoqdagi onadan Yaqindagi qaynona yaxshi.
Uyi boshqa — mungi boshqa.
Uyi boshqa g'am bilmas, Tanasi boshqa — dard.
Umringdan uch kun qolsa ot ol, Bir kun qolsa — xotin.
Urishganing o'z og'ayning bo'lsin.
Urug'-aymog'im — quyuq qaymog'im.
Xeshlik — xushlik.
Xolam bildi — onam bildi.
Xotin olma, qayin ol, Borar joyga tayin ol.
Xotin olmoq eshak savdosi emas.
Xotin qarindoshi — ilon boshi, Er qarindoshi — savat boshi.
Sherikchilik — bir yilchilik, Qudachilik — ming yilchilik.
Chiqqan qizdan
Ota uyidagi supurgi ham qo'rqar.
Eli boshqa el bo'lmas, Etakni kessang yeng bo'lmas.
Enasi tepgan qulunning eti og'rimas.
Erga berdim — emgak oldim.
Eshikli bo'lding — beshikli bo'lding.
Yaxshi yerga bersang qizni, Silay-silay sulton qilar. Yomon yerga bersang qizni, Ura-ura ulton qilar.
Yaxshi odam yot bo'lmas. Yaqin erintirar, Uzoq chopintirar.
Yaqin qiz — o'g'il hisobi, Uzoq qiz — o'lik hisobi.
Yaqindagi tishlashar, Uzoqdagi kishnashar.
Yaqinlikning belgisi — Kelib-ketib turgani.
Uzoqlikning belgisi — Sira kelmay yurgani.
O'gay ota non bermas, Non bersa ham, jon bermas.
O'gay ota o'kirar, Yuragidan bo'kirar.
O'gayning oti qursin, Saksovulning o'ti qursin.
O'z gavroning o'zingga qattiq tegmas.
O'z tovug'im chaqirsa, Qayga qarab qichqiray.
O'z uyini yoritmagan chiroq O'zganikida mash'al bo'lmas.
O'z yuragingga sig'magan sir, O'zganing yuragiga sig'mas.
O'z — o'lguncha, yot — yeguncha.
O'zga o'zingdek bo'lmas, Yot — yaqiningdek.
O'zimdan chiqqan baloga, Qayga boray da'voga.
O'zing tug'may ul (o'g'il) bo'lmas, Sotib olmay qui bo'lmas.
O'zingdan o'tganni o'zaging bilar.
O'zingni yomonlasang, Yotning mehri ketar.
O'zingniki o'zagingni uzar.
O'zingning otingga chiq, O'zganikidan tush.
O'ng qo'lim, so'l qo'lim, Ikkovi ham o'z qo'lim.
Qayirsam — etagim, Shimarsam — yengim.
Qaynim — qaymoq yog'im, Qaynsinglim — yurak dog'im.
Qayning kelsa, ketmon chop, Qayrilmasa, mayrilsin.
Qaynog'a qayin bo'lar, Qaynini mayin bo'lar.
Qaynsingil — yarim kundosh.
Qayinsingil — yarim qaynona, Qaynegachi — butun qaynona.
Qarindoshdan qarz olma, Qarindoshga qiz berma.
Qarindoshdan qorishgan afzal.
Qarindoshim — qora qozonim, Urug'im — unli chuvolim.
Qarindoshimda bo'lguncha, chirog'donimda bo'lsin.
Qarindoshing kelsa-kelsin, Bo'z xaltasi kelmasin.
Qarindoshing o'lsa-o'lsin, Qadrdoning o'lmasin.
Qarindoshing qarindosh emas, Kasbdoshing — qarindosh.
Qarindoshingga qarz berma, Bersang so'rama.
Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tuqqan topasan.
O'z otingni yomonlab, Qaydan tulpor toparsan.
Qarindoshingni oshga chaqir, choshga chaqirma. Qarindoshini siylagan xoli qolmas,
To'rkunini siylagan to'rga o'tmas.
Qarindoshli qarimas.
Qarindoshniki qorong'u kunda belgili.
Qarindoshning tovushi qorong'ida belgili.
Qiz ammaga o'xshar, O'g'il - tog'aga.
Qizli uy qudasiz bo'lmas.
Qilday tomir bo'lsa, tuqqaniga tortar.
Qovunning yomoni — po'la, Xotinning yomoni — bo'la.
Qozilashgan qarindosh bo'lmas.
Qozonga qaragan qarindosh emas, Qarashgan — qarindosh.
Qozoni boshqaning qayg'usi boshqa.
Qon yig'laganda qarindosh, Yog' yalaganda yot yaxshi.
Qon qarindosh — jon qarindosh.
Qorong'ida qichqirsang, Qarindosh tovush berar.
Quda-andalik joyingdan Qulunli biyangni ayama.
Quda bo'lguncha, ko'p sinash, Quda bo'lgach, ko'p siylash.
Quda-andaning moli bir.
Quda bo'lding — judo bo'lding.
Quda bo'lmoq — qiyin, Judo bo'lmoq — oson.
Quda bo'lsang, qui bo'lsa ham, siyla.
Qudamning qudasi — yumurtaning sho'rvasi.
Qudang qui bo'lsa, quldek bo'l.
Qudachilik — mingyilchilik.
Qo'yindan to'kilsa, qo'njiga.
Hayvonotda bo'ta soz, Odamzotda boja soz.
Har kim har nima deydi, Qiz otasi bir nima deydi.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:24 | Сообщение # 32
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
FARZAND VA FARZANDSIZLIK
Achchig'lansa otasi yengar, Hazillashsa — bolasi.
Ahmoqdan — chaqmoq, donodan — ahmoq.
Birni bersang otangga, Mingni olasan bolangdan.
Bola beshikdan yiqilguncha, Podsho taxtidan yiqilsin.
Bol — shirin, boldan — bola shirin.
Bola bo'lsa, beshik topilar.
Bola bo'lsa, sho'x bo'lsin, Sho'x bo'lmasa, yo'q bo'lsin.
Bola ko'ngli — podsho.
Bola — xondan ulug'.
Bola o'nga kirsa, otasi songa kirar.
Bola — qalbi gul.
Bolah uyda sir yotmas, Bolasiz uyda kir yotmas.
Bolali xotin — gul xotin, Bolasiz xotin — tul xotin.
Bolalik ona nonga to'ymas, Bolalik g'oz — donga.
Bolalik — podsholik. Bolalik qarg'aga don tegmas.
Bolali qo'rg'onga bog' yetmas.
Bolalining beh — chinor, Bolasizning beli sinar.
Bolang yomon bo'lsa ham, omon bo'lsin.
Bolasi ko'p bo'lar boy, Bolasi yo'q — quruq soy.
Bolasiz xotin sumakka to'ymas.
Bolasizning moli — uvol, Imonsizning — joni.
Bo'y qiz — uchirma qush.
Gap unda emas, bug'doyda.
Gung bolaning gapini Kar onasi tushunar.
Gung qizning tilini onasi tushunar.
Davlating — ota-onang, Savlating — o'g'il-qizing.
Davlatning boshi — farzand.
Yelka yag'ri — otaga meros, Ota yag'ri — o'g'ilga meros.
Yolg'iz bola — boshga balo.
Yolg'iz bola — yovdan yomon.
Yolg'iz bola yig'loq bo'lar, Yolg'iz tuya — baqiroq.
Yolg'iz o'g'il yovdan qattiq, Xotini qahnoqdan qattiq.
Yolg'iz qiz — yalama tuz.
Yomon bo'lsa ham omon bo'lsin.
Yomon o'g'il boqquncha, Etagingni qoq.
Yomon qizni boqquncha, Do'ppingni qoq.
Yomon o'g'il — molga o'rtoq, Yaxshi o'g'il — jonga.
Yigitning chirog'i — qizi bilan o'g'li.
Kelin — yomon, nevara — shirin.
Kelin qiz bo'lmas, Kuyov — o'g'il.
Kelin qildim deb kerilma, Ishga buyursa, erinma.
Ishga buyursa, erinsang, O'g'lingning ko'ziga ko'rinma.
Kelining yaxshi bo'lsa, o'g'lingdan ko'r, O'g'ling yomon bo'lsa, keliningdan ko'r.
Kelinning so'zi ketmonday botar, Bolaning so'zi botmonday botar.
Kiyiming yomon bo'lsa, bir yog'ingga yarar, Bolang yomon bo'lsa, bir kuningga yarar.
Kuyov quvsa, eshik bog'in tut, O'g'il quvsa, to'r boshiga o't.
Kuyovdan nevara qolar, Nevaradan evara qolar.
Kuyovni o'g'il bil, kelinni — qiz.
Kuyovning xo'rdasidan o'g'ilning yuvindisi yaxshi.
Kuyovnikida quyruq yegandan, O'g'ilnikida yumruq ye.
Men kuyarman bolamga, Bolam kuyar bolasiga.
Nevarani boqma, Shotutni qoqma.
Nor o'lsa, norchasi qolar.
Odam mevasi — farzand.
Olti o'g'illining olti arshda moli bor.
Ona bilan bola — gul bilan lola.
Ona — daraxt, bola — meva.
Ona — mehribon, ota — g'amg'uzor.
Onaga o'xshab qiz tug'ilmas, Otaga o'xshab — o'g'il.
Onali yetim — gul yetim, Otali yetim — shum yetim.
Onali kelin — qarqara, Onasiz kelin — tasqara.
Onang o'gay bo'lsa, otang o'zingniki emas.
Onangni quyosh bilsang, Otangni oy bil.
Onaning ko'ngh bolada, Bolaning ko'ngli dalada.
Onasi yalamaganga otasi qaramas.
Onasi qimizak yesa, Qizining tishi qamashar.
Onasiz kelin — yuvvosh, Onali kelin — bebosh.
Ota bezori — xudo bezori.
Ota bola uchun taxt yasar, Baxt yasata olmas.
Otangga qilganingni bolangdan ko'rarsan.
Podshoning hukmidan bolaning hukmi zo'r.
Pulni pul topar, O'g'ilni — qiz.
Tuz asrama, suv bo'lar, Qiz asrama, quv bo'lar.
Tulpordan tuyoq qolar, Shunqordan qiyoq qolar.
Tuqqan hisobmas, boqqan hisob.
Tuqqaniga suyunma, turganiga suyun.
To'ng'ich bola tug' bo'lar.
Uy qizi — palaxmon toshi.
Farzand baxti — ona taxti, Farzand kamoli — ota jamoli.
Farzand — belning quvvati.
Farzand boqqan ota, Jonni qoqqan ona.
Farzand — dilband, Farzand — qanot.
Farzand dog'i yondirar, Payti kelsa, kuydirar.
Farzand — jonga payvand.
Farzand ko'rdingmi, ko'chat ek.
Farzanddan yo'rgak ayama.
Farzandim — asal-qandim.
Farzandim — dilbandim, Sevganim — asal-qandim.
Farzanding — davlating, Fazilating — ziynating.
Farzandni boqish qiyin, Farzandga yoqish qiyin.
Farzandsiz kishi — mevasiz daraxt.
Xotin — uyning guli, Bola — dilning.
Xotinga — pusht, Xamirga — musht.
Xotinim qiz tug'di deb o'pkalama, Sherning erkak-urg'ochisi barobar.
Xotinni yaxshi ko'rsatgan Qo'lidagi bolasi.
Daraxtni yaxshi ko'rsatgan Shoxidagi mevasi.
Xotinsiz o'tish — xato, Bolasiz o'tish — jafo.
Chaqaloq allada aziz.
Chiqqan qiz chiydan tashqari.
Yaxshi bo'lsa — bola, Yomon bo'lsa — balo.
Yaxshi farzand — gul, Yomoni — bir pul.
Yaxshi o'g'il otadan olti botmon ziyod bo'lar, Yomon o'g'il otadan olti botmon kam bo'lar.
Yaxshi o'g'il tindirar, Yomon o'g'il o'ldirar.
Yaxshi o'g'il uy tuzar, Yomon o'g'il to'y buzar.
Yaxshi o'g'il — el obro'si,
Yaxshi qiz — uy obro'si.
Yaxshi o'g'ildan rahmat yetar, Yomon o'g'ildan — la'nat.
O'z bolang o'zagiga tepsang ham ketmas.
Kishi bolasi mayiz bersang ham turmas.
O'nta bo'lsa o'rni boshqa, Qirqta bo'lsa — qilig'i.
O'ttizga kirgan yigitning O'tin olguday o'g'li bo'lsin.
O'g'il bilan qizing — Bamisoli ikki ko'zing.
O'g'il yeb o'rga ketar, Qiz yeb qirga ketar.
O'g'il yoqqan chiroqni qiz ham yoqar.
O'g'il otasi mard bo'lsa, Qiz otasi — bechora.
O'g'il otasiga o'xshamasa, qoni harom.
O'g'il — uyning bulbuli, Qiz — uyning guli.
O'g'il qanotli ot bo'lsa, Qiz qanotli qushdir.
O'g'il-qiz yaxshi bo'lsa, Ota-ona xursand.
O'g'il-qiz dono bo'lsa, El-u yurt xursand.
O'g'ilga o'ttiz uydan tilov bor, Qizga qirq uydan ishlov bor.
O'g'illi uy — farishta, Qizli uy — sarishta.
O'g'ling boqsin, kelining sog'sin.
Qarg'ayin desam — yolg'iz, Qarg'amayin desam — yalmog'iz.
Qiz yetilib, qirg'oqqa ketar, O'g'il yetilib, yiroqqa ketar.
Qiz — meniki, baxti — o'zganiki.
Qiz puli — sut puli.
Qiyshiq bo'lsa ham, yo'l yaxshi, Yomon bo'lsa ham — o'g'il.


Qiz puli — tuz puli.


Qiz saqlaguncha, bir siqim tuz saqla.
Qiz saqlading — o't saqlading.
Quyon bolasini botirim der, It bolasini qoplonim der.
Qulunli biya bo'tasiz tuyadan yaxshi.


Qiz tuqqanga muz tug'ar, O'g'il tuqqanga kun tug'ar.
Qush nima topsa, bolasining og'ziga tiqar.


Qo'zi ma'rab o'sar, Bola — yig'lab.
Qiz — uyning cho'risi, ham o'g'risi.


Qiz — qo'noq.
Qizginamning erkasi — Yigitgmarrming serkasi.
Qo'y qo'zichog'i bilan chiroyli, Xotin — chaqalog'i bilan.
Qo'ng'iz bolasini oppog'im der, Kirpi bolasini yumshog'im der.
Qizi borning baxti bor, O'g'li borning taxti bor.
Qizim-qizim qiz kishi, Qizimga kelar yuz kishi.
Qizing o'ssa, uyga yut kelar, O'g'ling o'ssa, uyga qut kelar.
Qizing o'ssa, qirga ket, O'g'ling o'ssa, o'rga ket.
Qizli kishi qir oshar.
Qizli uy — bo'ston, Qizsiz uy — zimiston.
Qizli uy — karvonsaroy.
Qizli uy — nozli uy, O'g'illi uy — sozli uy.
Qizli uy — qiliqli uy.
Qizli uy — qiron, O'g'illi uy — davron.
Qizli uyning tili biyron, Sovchilarning tili tiyron.
Qizni bersang, mardga ber, Qizg'aldoqday jaynasin.
Qizning bo'yi yetdi — boshingga yov yetdi.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:24 | Сообщение # 33
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
TAJRIBAKORLIK VA KALTABINLIK
Avval iqtisod, keyin siyosat.
Avval kuzat, keyin tuzat.
Ayoz, o'tgan kuningni unutma, Xom chorig'ingni quritma.
Ayron — achchiq, sut — chuchuk.
Aytmasa, kim bilar, Ochmasa, kim ko'rar.
Ayg'ir qochsa, uyurdan top, Biya qochsa — beshadan.
Ariq loyqalanmay tinmas.
Arig'ingni novday qil, Xirmoningni tovday qil.
Arpa qiltiqsiz bo'lmas, Navkar — miltiqsiz.
Arpaning kesagi bor.
Arqog'ini ko'rib bo'zini ol, Onasini ko'rib — qizini.
Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, Uzoq bilan yaqinni — yurgan.
Baqqolning burni — shayin, Ko'zi — palla.
Bilgandan ham o'tar, bilmagandan ham.
Bilib solsang qushingni, Har solganda g'oz olar.
Chuya bilmasang qushingni, Shunqor bo'lsa ham oz olar.
Bilmaganga bit o'ldirish qiyin.
Bir aylantirganni chir aylantir, Chir aylantirganni ming aylantir.
Bir kerak bo'lgan narsa Ikki ham kerak bo'lar.
Bir sinalgan tajriba Yetti kitobdan afzal.
Birovning yerini pishirma, Ho'kizning bo'ynini shishirma.
Bolam sevsin desang, bolasini sev.
Bosh toshga tegsa, Aql boshga kelar.
Boshidan o'tmaganning qoshidan o'tma.
Buzoqning turqi tuqqaniga ma'lum.
Buzoqning yugurgani — somonxonagacha.
Butamasang, meva oz, Butasang yeysan qish-u yoz.
Bo'yoqchining bo'yoqchiligi qo'lidan ma'lum.
Bo'ri bor bo'lsin desang, Qo'y but bo'lmas.
Gapiiganning adashmog'i, Yurganning qoqilmog'i bor.
Gapning onasi — quloq, Suvning onasi — buloq.
Go'sht olishni bilmayman, Yog'-yog'idan kesib ber.
Dard ko'rgan — tabib.
Dard ko'rmagan avliyoga sig'inmas.
Dard tortmagan dard bilmas.
Daryo bo'yida quduq qazima.
Daryo suvi oqa-oqa tozarar.
Devonaga el ber, Qo'liga katta bel ber.
Doshqozonning oshi xom bo'lmas.
Do'sting kimligini ayt, Sening kimligingni aytaman.
Yeganni ham ko'r, yedirganni ham.
Yer tuzi eldan, Suv xatari yildan.
Yetilmagan xamir tandirda turmas.
Yovga borsang, baring bor, Ovga borsang, hiring bor.
Yovni kichik ko'rsang, boshing ketar.
Yoz yopinchig'ingni qo'yma, Qishda o'zing bilasan.
Yoz kelishini laylak bilar, Qish kelganin — olaqarg'a.
Yoz ketar, qish kelar, Shoshmay turing, ish kelar.
Yozga yetsang, qish kuningni unutma.
Yozligingni unutsang ham, qishligingni unutma.
Yosh yigitning ko'zi bilan qiz olma.
Yog'och kessang, uzun kes, kessa bo'lar, Temir kessang, qisqa kes, cho'zsa bo'lar.
Jinnini jinni desang, Arpa bo'yi o'sar.
Joydan joyning farqi bor, O'n ikki xil narxi bor.
Jo'jani sanab bil, Kuchni — sinab.
Zamon seni o'qitar, Tayoq bilan so'qitar.
Sabog'ingni bilmasang, Do'konda bo'z to'qitar.
Zardoli ye-da, suv ich, Zirillamasang, menga kel.
Zarhal ko'rinar soxta, Rosa bilib, so'ng maqta.
Ikki xo'roz xirmon sochar, O'z ketini o'zi ochar.
Yigit ko'pni ko'rsa, odam bo'lar, Qa'da-qoyimni bilmasa — nodon.
Yo'l — kattadan, ergashish — kichikdan.
Yo'ldan adashsang, shamolga ergash.
Yo'lni bilgan qoqilmas.
Kal o'zini ovutar, Qo'ltig'ini sovutar.
Kelbati kelishmagandan kengash so'rama.
Kelmaganning ketidan borma.
Kengasharing bo'lmasa, Bo'rking bilan kengash.
Kengashganga — keng dunyo, Talashganga — tor dunyo.
Kiyik quvgan quyonni payqamas.
Kim tabib, boshidan o'tgan tabib.
Kiradigan eshigingni qattiq yopma.
Kishi yanglishib qo'lga tushar, Qush yanglishib — to'rga.
Kosa, kosaning tagida nimkosa.
Kuzda yig'sang, qishda yeysan.
Ko'p bilganga ergashma, Ko'p ko'rganga ergash.
Ko'p ko'rgan ko'p bilar.
Ko'p yuguigan bir qoqilar, Ko'p kulgan bir yig'lar.
Ko'p yurgandan so'rama, Ko'p ko'rgandan so'ra.
Ko'p yashagan bilmas, Ko'p ko'rgan bilar.
Ko'p yashaguncha, ko'p bil.
Ko'r o'r bo'lar.
Ko'r qo'yganini sog' topmas.
Ko'ra-ko'ra ko'z pishar, Qila-qila qo'l pishar.
Ko'rib yurganning ko'zi — tarozi.
Ko'rmagan yerda olato'g'anoq ham adashar.
Ko'rmaganning ko'chasi ko'p.
Ko'rning ko'zi barmog'ining uchida.
Laylakning ketishiga emas, kelishiga boq.
Men kirmagan eshik yo'q, Men tegmagan qoshiq yo'q.
Moy xumchasi tashidan ma'lum. Moysiz arava o'q yer.
Mol egasiz bo'lmas, Qo'y oqsoqsiz bo'lmas.
Molni boqsang, qo'shib boq, Yemni yemga qo'shib boq.
Molni qishda qumga hayda, Yozda chimga hayda.
Mulla bobdan o'tmas, Eshak — yopdan.
Musofir bo'lmay, musulmon bo'lmas.
Musofir itning dumi qisiq.
Nojo'ya o'yin — sindirar bo'yin.
Ovul obodligi yo'lidan ma'lum.
Odamning aftiga qara, Havoning — taftiga.
Oyoq yerga tegmasa — ulov, Tish tishga tegmasa — ovqat.
Oz so'zlagan boz so'zlar, Boz so'zlagan soz so'zlar.
Oz ekib, ko'p olganni dehqon derlar, Ko'p ekib, oz olganni hammol derlar.
Oy minmay, otingni maqtama, Yil turmay — xotiningni.
Oy tug'ilishidan belgili, Odam — yurishidan.
Ola tovuq somon sochar, O'z aybini o'zi ochar.
Ola tozining ovidan ham kech, dovidan ham.
Olam kezsang, odam bo'lasan.
Olding — bitding, sotding — yitding.
Olish o'rgatmas, sotish o'rgatar.
Olmoqning bermog'i bor, Yemoqning — qusmog'i.
Oltin tuproqdan olinar, Taryok — ilondan.
Ona kulfatin ona bilar, Ota kulfatin ota bilar.
Oriq qo'yni orqaga qo'yma.
Ortingni kuzatmay, oldinga ketma.
Ot minsang o'ylab uzoqni, Bilib yur yo'ldagi tuzoqni.
Ot olma piyodaning maslahati bilan, Xotin olma bo'ydoqning maslahati bilan.
Ot olsang, minib ol, Xotin olsang, ko'rib ol.
Ot olsang, oriqdan ol, Qiz olsang, qallochdan ol.
Ot olsang, otasini surishtir.
Ot olsang, uying bilan kengash, Ot sotsang — ovuling bilan.
Ot surinib yo'l tank, Er surinib — el.
Otga boqma, to'nga boq, Ichidagi jonga boq.
Oting oriq bo'lsa, to'rvadan ko'r. Och to'ng'izdan, qoch to'ng'iz.
Oshiq o'ynagan ozar, To'piq o'ynagan to'zar.
Og'izga solgan oshni yuta bilmoq kerak,
Qo'lga kiritgan davlatni tuta bilmoq kerak.
Sabab bilan ziyorat, Balchiq bilan imorat.
Sabab bilan savat aravaga chiqar.
Sababsiz oyoqqa tikan kirmas.
Sirka so'rashga ham usul kerak.
So'zlay-so'zlay gapchil bo'larsan, Ishlay-ishlay epchil bo'larsan.
Tikan zahrini tortgan oyog'ini bilib bosar.
Toy qoqilmay yo'l topmas, Er qoqilmay — do'st.
Toy qoqilib ot bo'lar, Ot bo'lguncha lat yeyar.
To'rga tushgan baliq qarmoqdan qo'rqmas.
To'qay kezgan ovchi bo'lar, Ko'p kezgan sinchi bo'lar.
Umrim uzun bo'lsin desang, O'z ishingni puxta qil.
Xatosiz mergan bo'lmas.
Xom kallada xom xayol, Kal kallada ming xayol.
Chakki barakat — behuda harakat.
Chiniqmagan xo'roz bir cho'qishda qochar.
Chiniqqanga chang yuqmas.
Cho'ldagi cho'pondan yo uydagi qizdan so'ra.
Cho'lqurbaqaning ko'ngli oqqush go'shtini tusar.
Elga kulgu bo'lguncha, Erga tulki bo'l.
Eski yilning hisobi — Yangi yilning sabog'i.
Eshitganga ishonma, ko'rganingga ishon.
Eshitgandan ko'rgan yaxshi,
O'zini ko'rib bilgan yaxshi.
Eshishni bilmasang, qayiqda o'tirma.
Yanglishmaydigan og'iz yo'q, Qoqilmaydigan — tuyoq.
Yaxshi-yomonning farqini bilmagan, Arzon-qimmatning narxini bilmas.
Yaxshi ish bitirar, Yomon ish yitirar.
Yaxshi ish ulgi bo'lar, Yomon ish kulgi bo'lar.
O'zga mushtini yemagan o'z mushtini botmon der.
O'zi bilmas, kishidan so'ramas.
O'zi qilolmagan qilganni ko'rolmas.
Qaynoq sut ichib og'zi kuygan Qatiqni ham puflab ichar.
Qalovini topsang, qor yonar.
Qari bilganni pari bilmas.
Qari bor uyda pari bor.
Qari ot ko'p yo'l bilar.
Qari tovuq qarchig'aydan qo'rqmas.
Qari qiz qozi bo'lar, Sari itga rozi bo'lar.
Qarining ham qarisi bor, Parining ham parisi bor.
Qariyali uyda qo'y ham omon, bo'ri ham yo'q.
Qarg'ani qo'rqitsang, botir bo'lar.
Qirqqa davr qirq yo'ldan, Qirq birdan bir yo'ldan.
Qirqqa kirmay, narxga kirmas.
Qush qanoti bilan uchadi, Quyrug'i bilan qo'nadi.
Qo'l qo'lni tanir,
O'zbek xalq maqollari Ko'r — yo'lni.
Qo'lga o'rgangan qush qirda adashar.
Qo'li singanning dardini qo'li singan biladi.
Hayt desa, it yugurar, Itdan avval — qiz.
Har kim ham chaqilar, Yaxshi ot ham qoqilar.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:25 | Сообщение # 34
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
TA'MAGIRLIK VA OCHKOZLIK
Bezbetga qoshiq bersang, Bir o'miga besh oshar.
Bepul kafan topilsa, o'lmoq kerak.
Berasing bo'lsa ahmoqqa, Kunda kelar tingillab.
Qarzing bo'lsa mumsikdan, Izingdan qolmas zingillab.
Bermagan kishini, Hech kim qilmas ishini.
Bersa — bir balo, Bermasa — ikki.
Besh panja og'iz yirtar.
Bir yo'talga — ikki cho'tal.
Bir kesak bilan ikki chumchuqni urib bo'lmas.
Bir ellik deb ikki ellikdan ajrama.
Bir qo'ltiqqa ikki tarvuz sig'mas.
Birov gul deydi, Birov — pul.
Birovning oshiga qaragan och qolar.
Birovning uyiga boqma, Bemahal eshigin qoqma.
Birovning xotini qiz ko'rinar.
Boy yonini qashlasa gado qo'l cho'zar.
Boynikiga — boy ko'ppak.
Boynikini boytevat qizg'anar.
Boyning qorni besh, Biri hamisha — bo'sh.
Bor-yo'g'ini bilmayman. Bol tilaydi tomog'im.
Bor tovog'im, kel tovog'im, Kelishingda quruq bo'lsang, O'rta yerda sin, tovog'im.
Bo'rining o'zi to'ysa ham, ko'zi to'ymas.
Gado oldida yonchiq kavlama.
Gadoga salom berma, dinor ber.
Gadoga choriq bersang, yamoqligini ham tilar.
Gadoning xurjuni to'lsa ham, ko'zi to'ymas.
Dardning sababi — tomoq Qarab yemagan ahmoq.
Dasturxonga boqqan do'st emas.
Devonadan oy boshi so'rama.
Don boshqa, jig'ildon boshqa.
Yeb yetti bo'lmagan, yalab yetmish bo'lmas.
Yeb to'ymagan, yalab to'ymas.
Yemas og'iz qo'l bog'lar.
Yemxo'r ot to'rva teshar.
Yomon na yeydi, na yediradi.
Jon jonga kuyar, Ishkamba — nonga.
Ziqna birga unamay, duvajaga tushadi.
Ziqnanikiga mehmon kelmas, Kelsa ham ovqat yemas.
Ikki kemaning boshini tutgan g'arq bo'lar.
Ikki quyonni quvlagan birini ham tutolmas.
It gadoy bilan chiqishmas.
It ustidan qush uchsa, suyagini qizg'anar.
It qorni to'ygan uydan ketmas.
Itdan suyak kutma.
Itdan suyak ortmas, Yuqtobdan — po'stak.
Itni «ket» desang, ko'ngliga kelmas,
Surbetni «ket» desang, aslo unutmas.
Itning dardi — suyakda.
Ichi tor itiga ham et bermas.
Ichi tor xotin bola tug'mas.
Ichi torga — dunyo tor.
Yiqqandan qo'rqma, yegandan qo'rq.
Yo'qlamaganning moli tugal.
Kasal jonning harakatida, Tabib pulning harakatida.
Kunda yegan — suq, Oyda yegan — to'q.
Kunda yegan osilib o'lar, Oyda yegan to'q turar.
Ko'z tuproqqa to'yar.
Ko'ngil o'yga to'lmas, Bo'ri — qo'yga.
Ko'pga yugurgan ozdan qolar.
Ko'rgan bilan ko'z to'ymas, Tek turmoqqa nafs qo'ymas.
Ko'rganning ko'rmagani qursin, Ko'rmaganning — ko'rgani.
Ko'rdingki, osh, Ko'tarma bosh.
Ko'rdingki, yog'lik, Uraver vaqtlik.
Ko'rdingki, tekin, Uraver sekin.
Ko'chganda ko'lik tegmagan, Qo'nganda minib o'tirar.
Laganning tagi — beti qattiqniki.
Laylakning oyog'i o'ziga qisqa.
Loyqa — boshdan, og'riq — oshdan.
Mening nafsim balodur, Yonar o'tga soladur.
Mening nafsim balodur, O'tdan suvga soladur.
Mol egasi yo'lbarsdir, Oldirgani qo'ymasdir.
Moxov qoshdan gapirar, Mechkay oshdan gapirar.
Nafsi buzuq hayitda o'lar, Dini buzuq — masjidda.
Nafsini tiygan — vali.
Nafsini tiygan kishi sulton bo'lur, Nafsini tiymagan kishi ulton bo'lur.
Nafsning yomoni — baloning koni.
Nafsning so'ziga kirma, Xiyonatga yo'l ochar.
Nokasdan qarzdor bo'lsang, Ham yo'lda qistaydi, ham — go'rda.
Nokaslardan qarz etma, Qarz etsang ham, xarj etma.
Nokasning boyligi bo'lmas, Do'nonning toyligi bo'lmas.
Nokasning o'zi to'ysa ham, ko'zi to'ymas.
Nokasning ishi — minnat.
Olg'irlik ofat keltirar, Badnafslik — halokat.
Ot ko'rmagan ot ko'rsa, Mina-mina o'ldirar.
Xotin ko'rmagan xotin ko'rsa, Ura-ura o'ldirar.
Ot minmagan ot minsa, Chopa-chopa o'ldirar.
To'n kiymagan to'n kiysa, Qoqa-qoqa to'zdirar.
Ot chopar deb, it chopar,
It chopar deb, bit chopar.
Och bachchag'ardan qoch bachchag'ar.
Och bo'ridan to'q bo'ri yomon.
Och to'yar, suq to'ymas.
Ochko'z eshak to'rva teshar.
Ochko'zni tuproq to'ydirar.
Ochning qorni to'ysa ham, ko'zi to'ymas.
Oqlik sotgan oqarmas.
Oqsoq it sog' itdan sovg'a tilar.
Og'a-ini — achchiq, mol — chuchuk.
Og'zi kattani uyida sina, Nafsi kattani — to'yida.
Og'zing katta bo'lsa, qoshiqdan o'pkalama.
Og'izda to'ymagan, to'qqizda to'ymas.
Payg'ambar ham hozirligini ko'rar.
Puldorning ota-onasi yo'q.
Sariq it sovg'a tilar.
Sevgan yo'lingga qarar, Sevmagan — qo'lingga.
Sovg'a aqlni ko'r qilar.
Somon birovniki bo'lsa ham, Somonxona o'zingniki.
Suyak g'ajigan kuchuk Qassob boltasining tagida o'lar.
Suq to'ymas, gadoy boyimas.
Tabib haqi naqd bo'lmasa, Bemor dardi tuzalmas.
Ta'magir — kunda g'amgin.
Tegirmonning tishi yo'q, Ho'1-quruq bilan ishi yo'q.
Tekin bo'lsa, mix yut.
Tekinga mushuk ham oftobga chiqmas.
Tovuq bergan g'oz kutar, Tuxum bergan — xo'roz.
Tulkining tushiga tovuq kirar, Tovuqning tushiga tariq kirar.
Tuya so'ygan echki so'ygandan et so'rabdi.
Tuyaga yantoq kerak bo'lsa, bo'ynini cho'zar.
Tuyaning tanigani — yantoq.
To'ymas, odatini qo'ymas.
To'ng'izni moshga o'rgatma, Qo'shnini — oshga.
Xomtama hiylagarga aylanar.
Chaynamay yegan — og'rimay o'lar.
Chivin ham shiraga qo'nar.
Ekilmagan ekinning ustidan pul olma.
El to'ysa ham, elomon to'ymas.
Eski boydan yurt qolmas, Yangi boydan cho'p qolmas.
Et bor yerdan it ketmas. Yutog'ich tuyani yungi bilan yutar.
Yaxshi oshim qolguncha, Yomon qursoq yorilsin.
O'zi to'ymaganning sarqiti yurak og'riq qilar.
O'zi to'ymaganning ko'zi to'ymas.
O'zi egarning qoshida, Ko'zi qozonning oshida.
O'zim uyalganimdan patnisim uyalsin.
O'zining butunini qo'yib, Birovning yarmiga osilar.
O'tinchining ko'zi o'mchada.
O'g'ilsiz xotin sumakka to'ymas, Qizsiz xotin tuvakka to'ymas.
Qayrag'och qattiq boisa, yorib bo'lmas, Qiz otasi qattiq bo'lsa, borib bo'lmas.
Qanoat to'rga eltar, Ochko'zlik — go'rga.
Qassob onasiga ham suyak sotar.
Qassob tanishini tuzlar.
Qassobning oshnasi bo'lmas.
Qassobning tushiga echki kirar.
Qizil ko'rsa, Xizir yo'ldan chiqar.
Qizil Xizirni aynitar.
Qizlar gulni der, Boy — pulni.
Qizlar qizilga uchar, Savdogar — pulga.
Qizni yanga buzar, Yangani tanga buzar.
Qizg'anchiqdan ortar, mechkaydan ortmas.
Qoziga bersang, suyar, Bermasang, so'yar.
Qorinni to'yg'azish oson, Ko'zni to'yg'azish qiyin.
Qorni ochga non bo'lsa bas, Ko'zi ochga dunyo yetmas.
Qui yig'lar xo'jasi uchun, Xo'jasi yig'lar oijasi uchun.
Qurbon, qurbonda to'ymaganni xudo urgan.
Quruq qo'lga qush qo'nmas.
Quruq qo'lni it talar.
Qush donga yig'ilar, Chivin — shiraga.
Qush tuzoqqa don uchun kelar.
Qush ham o'z nafsidan ilinar.
Qo'ziligida to'ymagan, To'qqizida to'ymas.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:25 | Сообщение # 35
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
UMID VA UMIDSIZLIK

Axtargan topar.

Bir qiz erga tegsa,
Qirq qiz tush ko'rar.

Birni bergan yuzni ham berar.

Birni eksang, o'nni olasan.

Bu yil izi bo'lsa,
Kelar yil o'zi bo'lar.

Bugun — yupun, ertaga — butun.
Buxoro uzoq bo'lsa ham, poygohi yaqin.

Vodiy suvi kechiksiz bo'lmas.

Gado bir kechada necha boyir.

Dard bergan darmonini ham berar.

Dard — boshqa, ajal — boshqa.

Daryo baliqsiz bo'lmas,
Tog' — kiyiksiz.
Yeding, o'laman dema.
Yov ketsa, yovon ochilar.
Yozga chiqsang, jon o'lmas.
Yomon kun yaxshi bo'lar,
Yomon odam yaxshi bo'lmas.

Yomon kun yaxshi bo'lar,
Uyalmagan — baxshi.
Yotib qolguncha, otib qol.
Joni borning umidi bor.
Ikki orzu bir topilmas.

Kuldan tepa bo'lmas,
Qumdan — qo'rg'on.

Ko'rning tilagi — ikki ko'zi.

Mozorga o'lik kelmasa,
Go'rkov ketmonni chalar.

Mol topmas yigit bo'lmas,
O'g'il topmas ayol bo'lmas.

Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa,
O'n beshi — yorug'.

Oldirgan otasining qo'ynini axtarar.

Ot bosganni toy bosar.

Ot o'rnini toy bosar,
Ota o'rnini — o'g'il.

Otasi qulon otolmaganning
Bolasi quyon otolmas.
Otim ketsa, toycham bor,
To'nim ketsa, parcham bor.

Ochilgan — so'lar, yig'lagan — kular.

Poygachining ko'zi — g'ovda.

Puli yo'q hamyon tikar.

Suvda oqqan xasga yopishar.

Suvsaganga sarob suv bo'lib ko'rinar.
Suvsoqning o'yi — suvda.
Talabli erga nur yog'ar.
Tirmashgan tog'dan oshar.
Tilak bo'lsa, bilak chidaydi.

Tuya hammomni havas qilar.

Tuqqan tuqqandan umid qilar.
Uyida yo'q go'jalik,
Ko'ngli tilar xo'jalik.
Umid o'rga tortar,
Umidsizlik — go'rga.

Umid qildim — yetdim,
Noumid bo'ldim — yiqildim.

Umidi yo'qning imoni yo'q.

Umidingni uzma,
Ko'nglingni buzma.
 
GiyosДата: Суббота, 12.01.2013, 20:25 | Сообщение # 36
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
ISHONCH VA ISHONCHSIZLIK
Ayol tilini ayol bilar.
Andizli yerda ot o'lmas, Iyirli yerda — er.
Bahorgi jo'jani kuzda sana, Kelinni kelar yili sina.
Bir ko'rgan yuz eshitgandan yaxshi.
Bir minarga ot berma.
Birovga qolgan kun — tong otmagan tun.
Birovning ishi — ko'ngilning hushi.
Birovning ishiga saratonda qo'l sovqotar.
Bit ham bo'lsa — panoh.
Bozorim bozor emas, ovulim — bozor.
Bozorning ota-onasi yo'q.
Bo'ladigan bola boshidan ma'lum.
Vorisning ham vorisi bor.
Gumon do'stdan ajratar.
Gumon imondan ayirar.
Gumondor ko'ngildan gumon arimas.
Dalaning ko'kiga, Odamning po'kiga ishonma.
Dini boshqaning fe'li boshqa.
Do'stim deb siringni aytma, Do'stingning ham siri bor.
Do'stlik sinovda chiniqar.
Do'stni so'rab sina.
Yovni qora qochirar.
Yomg'irda ot tanlama, Hayitda — qiz.
Yong'oq mag'zini po'st tutar, Sirni — hushyor do'st.
Yong'oq ming yashar, Archa bilan teng yashar.
Yong'oq olsang, chaqib ol, Ipak olsang — boqib.
Jasurni —jangda, Donishmandni — g'azablanganda, Do'stni muhtojlikda sina.
Jinga ishongan baxshini tinglaguncha, Chinga ishongan yaxshini tingla.
Zo'rga ham zo'rdek balo bor.
Igna o'g'irlagandan sigir yo'qotgan gumonsirar.
Ikki quloqdan ko'ra, Bir ko'zga ko'proq ishon.
Imorat qilgan kishi o'lishini o'ylamas.
Inson beorzu bo'lmas.
It ichmas oshidan umid qilar.
Itning ko'ngli — bir suyak.
Ishonish bilan kasal bo'lsang, Umid bilan tuzalasan.
Ishongan tog'da kiyik yotmas.
Yo'q bug'doyga yo'q tegirmon.
Kavushimni olgan bir kishi, Gumondorim ming kishi.
Katta suv ko'priksiz bo'lmas.
Kiyim — to'zar, toy — o'zar.
Kun hisobini oy olar, Bedov o'rnini toy olar.
Kuf-sufchiga ishonsang ham, Xo'p-xo'pchiga ishonma.
Kuching yetgan ishga yopish.
Ko'z ko'rgan boshqa, Qo'l bilan tutgan boshqa.
Ko'z o'ziga, quloq boshqalarga ishonadi.
Ko'z — o'zingniki, quloq — o'zganiki.
Ko'ngilga kelgan qo'ldan kelsa, Bitmaydigan ish qolmas.
Noma'lum yerda oltin bor, Borsang paqir topilmas.
Nor yo'lida yuk qolmas.
Notanish farishtadan sinashta shayton yaxshi.
Ovuli yaqin it qashqirdan qo'rqmas.
Oyoq tuproqda iz qoldirar, Shubha — yurakda.
Oz bilganning shubhasi ko'p.
Ola butaga ot berkitma.
Ola yilqi yo'qolmaydi, Haromzoda o'ng'almaydi.
Oriq ot manzilga yetkazmas.
Oriq otga minguncha, oyog'ingga min.
Osilgan o'g'ri olmaguncha qo'ymas.
Sirtin ko'rib, ichidan to'ngilma, Qorasin ko'rib, kuchidan to'ngilma.
Tabibga ishonmagan bemor tuzalmas.
Tirishdim, tog'dan oshdim, Asir edim, qutulib qochdim.
Tirishdim, tog'dan oshdim, Yorug'lik sari yo'l ochdim.
Tirishmagan ulg'aymas.
Tog'dan orqasi bo'lganning Tog'day yuragi bo'lar.
Tusi bordan to'ngilma.
Uyim — sinch, Ko'nglim — tinch.
Yuz bor eshitgandan,
Bir bor ko'rgan yaxshi. O'g'ri bitta, gumon mingta. O'g'ri oydindan qo'rqar. O'g'ridan qo'rqqan mol yig'mas.
 
MehmonДата: Пятница, 12.07.2013, 12:59 | Сообщение # 37
Группа: Qadrli mehmon





ish ishtaha ochar dankasa ishdan qochar

Добавлено (12.07.2013, 11:55)
---------------------------------------------
biror narsa sotib olsang quloq bilan emas ko`z bilan ish tut
:)

Добавлено (12.07.2013, 11:59)
---------------------------------------------
mard aytmas-aytsa qaytmas

 
bek88Дата: Воскресенье, 21.12.2014, 07:37 | Сообщение # 38
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 15
Репутация: 0
Статус: Offline
mehnat qilishdan erinma mehnatni tagi roxat.

Biz bilan birga bo'ling. Hali yoshsan. Hayot oldinda.
 
Giyos/FORUM » ERKIN MAVZU » MUTOLAA (Mashxur va qiziqarlilari) » O'zbek xalq maqollari (Maqolshunoslik)
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:
Flag Counter