Вторник, 16.04.2024, 19:20
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Erta turmush... - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » MASLAHATLAR » Erta turmush... (Maslahat)
Erta turmush...
GiyosДата: Среда, 01.04.2015, 01:22 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Erta turmush...
 
Oila muqaddas dargoh. Har bir turmush qurgan inson uni
asray bilishi lozim. Hozirgi kunlarda avvalgiga nisbatan ajralishlar soni oshib
bormoqda. Buning sabablaridan biri erta turmush qurishdir.  
Yigitlar va qizlar oila qurishi uchun mukammal qilib,
necha yosh aytiladi? Bizdagi ko’pgina manbalar bu yoshni qizlar uchun 21-24
yosh qilib belgilasa, yigitlarimiz uchun 23-27 yosh deyishadi. Bunday yosh
belgilanishiga sabab, aynan shu yoshda yigit-qizlarimiz ham jismonan, ham ruhan
oila qurishga tayyor, hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan, Oila deb atalmish buyuk
maskanni nima ekanini tushunib yetgan bo’ladi.
Erta turmush qurishni 18 yoshdan kichik yoshdagi qizlarni
turmushga chiqishini tushunsak bo’ladi. Hozirda qizlarimizni erta turmushga
chiqishiga qarshi kurashlar bo’lmoqda. Joylarda ota-onalarga, qizlarni o’zlariga
tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Erta turmush qurgan qiz nima yoqotadi?
Birinchi navbatda o’z erkinligini, mustaqilligini
yoqotadi. 16-17 yoshga to’lgan qizaloqni boshida turmush degan yuk osilib
tursa... U hali o’zi bola bo’la turib, bolalik bo’lsa... U ko’p narsadan
ayriladi. Tajribasizligi tufayli erini oldidagi vazifalarini ham uddalay
olmaydi (bilmaydi). Uy ishlarini ham eplolmay, qaynonasidan dakki eshitadi. Bolalik
bo’lgandan keyin, uni parvarishlashga yetarli malakasi bo’lmay, ko’p
qiyinchiliklarga uchraydi.
Ikkinchi navbatda yuzaga kelgan ko’pgina muammolarni
yechishda to’g’ri yo’l tuta olmaydi. Noto’g’ri qarori bilan o’zini va
boshqalarni ham baxtsiz qilishi mumkin. Ota-onasining boshini egadi. (Uni erta
uzatishganiga aybdor ota-onasi bo’lishi mumkin. Bunda ular o’zini aybdor his
qiladilar.)
 Uchinchi navbatda erta
turmush qurgan qizlarimiz, hali turmushga chiqmagan dugonalarini o’ynab-kulib
yurishganini, hohlagan joylariga borib, kino-konsertlarga bemalol
tushishayotganlgini, boshlarida hech kim hukumronlik qilmayotganini ko’rib,
siqiladilar. Chunki ular bunday hursandchiliklardan vaqtida bahramand bo’la
olmagan bo’ladilar. Turmushga chiqqanidan keyin kino-konsertga borgan bo’lsa,
eri bilan 2 yoki 3 marta borgan bo’lishi mumkin. Keyin og’ir kechadigan
homiladorlik davri boshlanib, shifoxonama-shifoxona yotib chiqadi. Oxiri qiynalib,
bir amallab farzandlik bo’ladi. Tamom. Endi ko’chaga chiqishni esdan chiqarsa
ham bo’ladi...
Erta turmushga chiqqan qizlarimizni quydagi asoratlar
kutib turadi:
1. Homiladorlik va tug’ish jarayoni og’ir kechadi. Homiladorlikda
homila yaxshi rivojlanmaydi, onadan kerakli oziqalarni ololmaydi (chunki u
oziqalar onani o’zida yetarli emas), vazni kichik bo’ladi, ko’p hollarda bola
chala yoki nimjon tug’iladi. Tabiiyki u hayotda ko’p kasalliklarga yengiladi.
2. Yosh ona tug’ruq jarayonida qiynalishi aniq (aynan tug’ish
yoshidagilar ham qiynaladi-ku!). Og’riq. Bu og’riqqa chidash juda ham qiyinlik
qiladi. Hali tanasi ham tug’ruqqa tayyor bo’lmaganidan keyin, anatomik tor
chanoq kuzatiladi, uni ustiga chanoq hali to’liq rivojlanmagan bo’ladi (tug’ruqdan
keyin ayolda oqsoqlik ham kuzatilishi mumkin). Lekin ko’pincha ular o’zi tabbiy
yo’l orqali tug’a olishmaydi. Ko’pgina holatlarda Kesar kesish operatsiyasi
orqali bola suniy ravishda tug’dirib olinadi (ona qornida birinchi boladan
esdalik sifatida chandiq qoladi).
3. Erta homilador bo’lgan qizlarimiz tanadagi garmonal va
funksional o’zgarishlarga ko’nikishlari oson bo’lmaydi. Shu sababli ular ruhiy
tushkunlikka tez-tez tushib qoladilar. Bu holat ularda uzoq vaqt saqlanib
qoladi. Hayotga qiziqishlari yoqoladi...
Erta oila qurgan yigitlarimiz esa ota vazifasini
bajarishda ko’pgina qiyinchiliklarga uchrashlari mumkin. Hali hayotda o’z
ishini, o’rnini topa olmagan yigit, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, oila
boqa olmay qoladi. Ular ham ruhiy tushkunlikka tushib, kashandalik, spirtli
ichimliklar ichishga mukkasidan ketadilar. Eng achinarlisi, giyohvand
moddalarni iste’mol qilishga ham o’tishlari mumkin. Oila muqaddas ekanini
tushunmay, rafiqasini kelasi taqdirini o’ylamay bemalol ajrashib ketaveradi...
Hurmatli ota-onalar! Har bir qilayotgan ishingizni o’ylab
qiling. Birgina o’ylamay qilgan qaroringiz bilan ko’pchilikni hayotini
qiyinchilikka qo’yasiz. Bizlarda qizlarni erta turmushga berish, yigitlarni
erta uylantirishdan ko’ra ko’proq uchraydi. Qizingiz sizning bog’ingizdagi g’uncha.
U boshqa bog’da ochilib keta oladimi, yo’qmi bilmaysiz. Shu sababli
shoshilmang. Qizingiz albatta baxtli bo’ladi. Boylikka uchmang. “Boy ekan,
bunday joydan yana sovchi kelarmikan?” – deb, g’uncha qizingizni ochiltirmay so’litmang.
Boylik hiyonatkor. U hech kimga vafo qilmaydi... Siz o’zingizdan sog’lom nasl
qolishini o’ylang. Sog’lom, ko’chada o’rtoqlari bilan o’ynab yurgan bola
qaydayu, o’z xonasida dori ichib, ko’chaga termulib turgan betob bola qayerda?!
Keyin qarindoshlar o’rtasida ham nikoh qurilishiga yo’l qo’ymang. Ko’pgina irsiy
kasalliklar aynan shu oiladan tug’ilgan bolalarda uchraydi (masalan, qon
kasalliklari). Daxshatlisi, nuqsonli, o’zini mustaqil eplay olmaydigan imkoniyati
cheklangan bolalar tug’iladi. Buni bilish uchun bir marotabagina Imkoniyati
cheklangan bolalar uyiga borib ko’ring...
Qizlar! Vaqtli turmushga chiqib, qayerga shoshasizlar?
Hayotdan to’liq bahramand bo’lmaysizlarmi? Qanchadan-qancha imkoniyatlaringiz
bor. Kasb-hunar egallang, o’qishga kiring, bitirib, ishga joylashing. Karera qiling.
Hammasiga erishgach, turmushga chiqasiz. Sizdek aqlli rafiqasi bo’lishni
istovchilar ko’plab topiladi (faqat yoshingizni juda ham o’tkazib yubormang). Sayohatlarga
boring. Juda chet davlatlarga chiqa olmasangiz ham, yurtimizda diqqatga sazovor
joylar ko’p. Birma bir sekin aylanib chiqavering. Dam olish sihatgohlariga
boring.
Yigitlar! Oilangizni o’zingiz ta’minlashingizga nima
yetsin. Vaqtli uylanib nimaga erishmoqchisiz? Sabr. Hammasi bo’ladi. O’qing. Kasb
egallang. Yaxshi ishlab toping. Katta uy quring. Mashina oling (otangizni
puliga emas, o’zingizni peshona teringiz bilan ishlab topgan pulingizga). Zararli
odatlarni boshlamang, boshlagan bo’lsangiz tashlang. Sizga ishonib aytamanki, “Malika”ni
uyiga sovchi yuborsangiz ham, sizga yo’q demaydi. Oila qurganingizdan keyin 2
kishi uchun yashay boshlaysiz, keyin uch kishi... Avval bir o’zingiz uchun
yetgan pul, uch kishiga yetishi kerak bo’ladi...
Sog’lom ota-onadan sog’lom farzand tug’iladi. Shuni unutmaylik...
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » MASLAHATLAR » Erta turmush... (Maslahat)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter